ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Xalqaro tan olingan vizalarga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.08.2026 yildagi PF-180-son

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1 sentyabrdan  Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi ko‘p martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega bo‘lgan hamda o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun:
 
ushbu xorijiy vizalardan birining amal qilish muddati mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim amaliyoti joriy etiladi.