ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalashtirish hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish jarayonlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.05.2026 yildagi PQ-193-son

Qarorga muvofiq, tadbirkorlarning yuklarini ko‘rik uchun yo‘naltiriladigan omborlarda saqlash xarajatlari 60 mlrd so‘mgacha qisqartiriladi.

Olib kirilayotgan fitosanitar xavf darajasi o‘rta tovarlar nazoratiga vaqt sarfi o‘rtacha 3 ish kunidan 1 ish kuniga qisqartiriladi.

2026 yil 1 avgustdan karantindagi mahsulotlar fitosanitariya nazoratini amalga oshirishda xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmi joriy qilinadi.

Xavflarni boshqarish tizimi “E-Fitouz” elektron portalida shakllantiriladi hamda Bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” BAT bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinadi.

Shuningdek, 2026 yil avgustdan sinov tariqasida meva-sabzavotlarga ixtisoslashgan ayrim tumanlarda mahsulotlarni yetishtirishdan eksportgacha fitosanitar nazoratni amalga oshirishda jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2029 yil 1 yanvardan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti faqat agrologistika markazlari orqali amalga oshiriladi.