ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.03.2026 yildagi PQ-96-son

Qarorga ko‘ra, Muborak tumani “Konchilar” MFY hududidagi 200 gektar yer maydonida “Muborak innovatsion sanoat zonasi” maxsus iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.

Chiroqchi tumanida “Sohil bo‘yi” majmuasini (Majmua) rivojlantirish va boshqarish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalar Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamentiga yuklanadi.

Shahrisabz tumanida “Quva agrostar”, Qamashi tumanida “Yangiyo‘l agrostar”, Ko‘kdala tumanida “Mirzacho‘l agrostar”, G‘uzor tumanida “Navoiy agrostar” MCHJlarning loyiha ofislari tashkil qilinadi.

Qashqadaryo viloyatida 15 ming gektar, shundan 2026 yilda o‘zlashtiriladigan 5,2 ming gektar yer maydonlarida chorva ozuqasi yetishtiriladi.

2026 yil davomida maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 80 foizdan past bo‘lgan 12 ta tumanda 350 ta nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi.

120 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari 1 yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlasin.

Germaniya Federativ Respublikasi bilan hamkorlikda 2026 yildan yoshlarni nemis tili va kasbga o‘qitish orqali Yevropa davlatlariga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborish dasturi amalga oshiriladi.