ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.03.2026 yildagi PQ-104-son

Qarorga ko‘ra, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DM “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM (Markaz) etib qayta tashkil etiladi.

Quyidagi hujjatlarni Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti bekor qilinadi, jumladan:

2026 yil 1 apreldan – loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar. Bunda ular Markazning elektron axborot platformasi (Platforma)da joylashtiriladigan namunaviy shakldan foydalangan holda ishlab chiqiladi;

2026 yil 15 apreldan – qiymati 15 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lgan quyidagi loyihalarning loyihaoldi hujjatlari:

byudjet tizimi byudjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan;

korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan;

2026 yil 1 sentyabrdan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda import qilinadigan tovarlar ro‘yxati. Bunda mazkur funksiya “O‘zbekekspertiza” AJga o‘tkaziladi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab Markazda loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning quyidagi yangi tartib-taomillari joriy etiladi:

yirik va mega loyihalarning hamda ekspertizadan ijobiy xulosa olgan loyihalarga o‘xshash loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida ularning tayyor bo‘limlarini parallel ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti;

taqdim etilgan loyiha ilgari Markazda ekspertizadan o‘tgan loyiha bilan o‘xshash bo‘lsa, Markazning taklifi asosida uning loyihaoldi hujjatini tezlashtirilgan ekspertizadan o‘tkazish tartibi.

2026 yil 1 sentyabrdan:

Markaz tomonidan Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiquvchi loyiha institutlari va tashkilotlarining reytingi (Reyting)ni yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

faoliyati davomida tarmoqlar kesimida ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarning kompleks ekspertizasi natijalaridan kelib chiqib, loyiha institutlari va tashkilotlari “yuqori”, “o‘rta” va “past” ishonchlilik darajalariga ajratiladi;

Reyting Platformada joylashtirilib, doimiy ravishda yangilab boriladi;

o‘rta, yirik va mega loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlari va tashkilotlarini tanlashda faqat “eng arzon narx” mezonidan voz kechib, “sifat, tajriba va narx” mezoni majburiy hisoblanadi;

loyiha tashkilotlari va tashabbuskor (buyurtmachilar)ga nisbatan rag‘batlantirish choralari joriy etiladi.