ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.12.2025 yildagi PQ-387-son

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan:

QQSdan tushgan tushumlardan Toshkent shahar mahalliy byudjetiga 5 foiz va qolgan hududlar mahalliy byudjetlariga 20 foiz o‘tkaziladi;

mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan QQS, foyda solig‘i va benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘i, davlat boji, jarima va yig‘imlar hisobidan tushadigan daromadlardan tuman (shahar)lar byudjetlariga ajratmalar meʼyorlari belgilanadi;

Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati beriladi hamda mazkur yig‘imlardan tushgan tushumlar to‘liq miqdorda tuman (shahar)lar byudjetlariga yo‘naltiriladi;

quyidagi tushumlar mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladi 
va qo‘shimcha manba sifatida foydalaniladi:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishdan Davlat byudjetiga o‘tkazilishi belgilangan mablag‘lar tegishli tuman (shahar)lar byudjetlariga yo‘naltiriladi;

dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan respublika byudjetiga tushgan soliqlar ushbu sohadagi hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash uchun mazkur bozorlar joylashgan tuman (shahar)lar byudjetlariga o‘tkaziladi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi jamg‘armalar va mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalari mablag‘larining bo‘sh turgan qismini auksion orqali tijorat banklarida depozitga qo‘yish hisobiga qo‘shimcha daromad topishga ruxsat beriladi.

2026 yil 1 yanvardan tuman (shahar)lar byudjetlari xarajatlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

2026 yil 1 yanvardan tuman (shahar)lar hokimlarining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida tuman (shahar)lar obodonlashtirish boshqarmalari boshlig‘i hisoblanadi.

2026 yil 1 apreldan shahar obodonlashtirish boshqarmalariga biriktirilgan hududlarga ular tomonidan yetishtirilgan mavsumiy gul ko‘chatlari ekilishi choralari ko‘riladi. 

Bunda mazkur tartib 2027 yildan respublikaning barcha hududlaridagi obodonlashtirish boshqarmalarida joriy etiladi.