ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.12.2025 yildagi PF-258-son

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambag‘al oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi. 

Ijtimoiy reyestr – “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaradi.

Ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “davlat taʼminotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning toifalarini belgilashning quyidagi tartib joriy etiladi:

oila aʼzolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bo‘lgan belgilangan oilalar “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritiladi;

oila aʼzolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar “kambag‘al oila” toifasiga kiritiladi;

oila aʼzolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan quyidagi oilalar “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritiladi:

“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifalaridan chiqarilgan oilalar;

“mahalla yettiligi”ning tavsiyasi asosida Farmonda belgilangan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila deb topilgan oilalar.

Farmonga ko‘ra, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

“davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalarga ijtimoiy xizmat va yordamlar, shu jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam ular mazkur toifada bo‘lgan davrida oila aʼzolarining bandlik holatidan qatʼi nazar va qo‘shimcha murojaat talab etmagan holda ko‘rsatib boriladi.