ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2025 yildagi PF-201-son

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni o‘z ichiga olgan strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etiladi. 

Strategik rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyasi quyidagi tartibda belgilanadi:

1-darajali hujjatlar konsepsiyalar shaklida;

2-darajali hujjatlar strategiyalar shaklida;

3-darajali hujjatlar dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) shaklida qabul qilinadi.

Bunda:

1-darajali hujjatlar 7  yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi va qoida tariqasida qonunlar bilan tasdiqlanadi;

2-darajali hujjatlar 4 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi. 

3-darajali hujjatlari 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va Prezident hujjatlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida tasdiqlanadi.