ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.10.2025 yildagi 652-son

Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:

70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
65 – 69,9 ballga – A darajali;
60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
55 – 59,9 ballga – B darajali;
50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.