Farmondan ko‘zlangan maqsad etib, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash hamda boshqaruv xarajatlarini qisqartirish belgilandi.
2025 yil 1 noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari soni tasdiqlandi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
sohaga oid bo‘lmagan vazifalarning qisqartirilishi va faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini;
maʼlumotlarni qayta ishlash hamda sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yo‘nalishdagi ustuvor loyihalar amalga oshirilishini;
sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyati rivojlantirilishini taʼminlab boradi.