ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.05.2025 yildagi PQ-171-son

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi:

uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;

uy sharoitida qarab turish xizmati; 

tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;

kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;

shaxsiy yordamchi xizmati.

Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.

Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to‘lanadi.

Vaucher berish va uning qiymatini to‘lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, vaucher quyidagilarga beriladi:

uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:

Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga; 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;

shaxsiy yordamchi xizmati uchun:

 I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;

ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga; 

birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.

2025 yil 1 dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.