ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
“Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.05.2025 yildagi 290-son

Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.

Har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga BHMning 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi.

Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;

ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida maʼlumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi - agar mavjud bo‘lsa;

viza.

Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

1 kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish maʼqullangandan so‘ng ariza qabul qilish to‘xtatiladi.

Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.

Maʼlumot uchun: ssuda bu - qaytarish sharti bilan ajratiladigan foizsiz qarz.