Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Паспорт документа
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 17.04.2025 yildagi O‘RQ-1057-son
Qonun bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozorini, sug‘urta bozorini tartibga solish, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha vakolatlar yuklatildi.
Qonun bilan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga sug‘urta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obro‘siga qo‘yiladigan talablar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, lotereyalar tashkil etish, bukmekerlik, Internet jahon axborot tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritildi.