Qonunga ko‘ra, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunga Madaniyat vazirligining jonli ijro sanʼatini rivojlantirish yo‘nalishidagi vakolatlarini, shuningdek konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab musiqiy va boshqa asarlarni ijro etish usullarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarga konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasi haqida axborot berish tartibini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Konsert-tomosha tadbirining dasturida ijrochi va asar mualliflari to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi shartligi belgilandi.
Konsert-tomosha tadbirlarida musiqali va boshqa asarlarni ijro etishda fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab, ijrochilar tomonidan quyidagi usullar bilan ijro amalga oshirilishi mumkin:
Jonli ijro
Fonogrammadan qisman foydalanilgan holda;
Fonogrammadan foydalangan holda.