Qarorga ko‘ra, Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi tashkil etiladi.
Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga masʼul etib belgilandi, jumladan:
ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik maʼlumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;
mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;
statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish.
Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom hamda Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.