ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 16.11.2023 yildagi F-72-son

Dasturga muvofiq, jumladan:

tuman va shahar markazlarida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etiladi;

jurnalist va blogerlar o‘rtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi o‘tkaziladi;

yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;

Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi;

davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;

maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkaziladi.