|
Hujjat 06.11.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 5-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221-10]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-apreldagi OʻRQ-1128-son “Dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-son “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 26-maydagi PF-100-son “Kichik biznes subyektlarining oʻsishi uchun yanada qulay iqtisodiy va maʼmuriy shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais F. PULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-oktabr,
2026-21-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 28-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 9-oktabrdagi 2026-21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. 8-ilovaning Joriy soliq davrining 1-yanvar holatiga qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha toʻlanadigan yer soligʻi hisob-kitobi va unga 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2026-y., 10/26/3221-10/1100-son)