|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.09.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ULGURJI VA ChAKANA SAVDONI LIBERALLAShTIRISh HAMDA UNI RIVOJLANTIRISh UChUN QULAY ShART-ShAROIT YaRATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Savdo sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ulgurji savdo tizimini yanada takomillashtirish, ulgurji, chakana savdo bilan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida barqaror shartnomaviy munosabatlar uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholiga savdo xizmati ko‘rsatish sifati darajasini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zbeksavdo” va “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari muassislarining “O‘zbeksavdo” va “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalarini, shuningdek, hududiy savdo-ishlab chiqarish “Savdo” aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tugatilayotgan va qisqartirilayotgan tuzilmalar faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning tasdiqlangan ko‘rsatkichlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ulgurji savdo korxonalari uyushmasini tashkil etish zarur deb hisoblansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
4. Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi bir oy muddatda belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan hududiy bazalar ro‘yxatini, Respublika ulgurji baza-kontoralari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni, shuningdek, ulgurji savdoni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarni olish tartibini belgilab beradigan hujjatlar paketini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
6. Quyidagilar:
respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari;
borish qiyin va tog‘li hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan chakana savdo korxonalari besh yil muddatga mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
7. Moliya vazirligi Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar va ularning hududiy bazalari tomonidan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
o‘n kun muddatda ushbu Farmonni ijro etishga oid hujjatlar, jumladan Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi, ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari, savdo faoliyatini amalga oshirish talablarini tasdiqlash, shuningdek, “O‘zbekbirlashuv” va “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish bo‘yicha komissiyani tuzish borasidagi hujjatlarning loyihalarini kiritsin;
ikki oy muddatda “Matlubotsavdo” hududiy kompaniyalarining faoliyatini o‘rganib chiqsin va uning natijalariga ko‘ra ular faoliyati samaradorligini oshirish hamda qishloq, borish qiyin va tog‘li hududlar aholisining zarur tovarlarga bo‘lgan talab-ehtiyojini qondirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-fevral,
PF-3722-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-maydagi PF-4311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 221-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 8-son, 49-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2011-y., 22-23-son, 221-modda)