Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
ER SOLIG‘I TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Yer solig‘i belgilash qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar har yili yer solig‘i to‘laydilar, uning miqdori ushbu yer uchastkasining sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday ta’minlanganligiga qarab belgilanadi.
(1- moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y.,11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qaroriga binoan ijaraga yer uchastkalari olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i o‘rniga mahalliy budjetga ijara haqi to‘laydilar, uning miqdori tomonlarning kelishuvi bo‘yicha, lekin qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yer solig‘ining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yerlardan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilganda bir stavkasi miqdorida belgilanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan ijaraga beriladigan yer uchun ijara to‘lovi undirilib, uning miqdori tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan belgilanadi, biroq bu miqdor qonunlarda nazarda tutilgan yer solig‘i stavkalaridan kam bo‘lmasligi kerak.
2-modda. Yer solig‘i to‘lovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, chet el yuridik shaxslari, ularning tashkilotlari, bo‘linmalari va filiallari, shu jumladan qo‘shma korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yer solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23 senyabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ushbu moddada uqtirib o‘tilgan yer solig‘i to‘lovchilar bundan buyon matnda “yuridik shaxslar” va “fuqarolar” deb yuritiladi.
II. YER SOLIFI STAVKALARI
3-modda. Yer solig‘i stavkalari
Yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kimningdir mulkida, egaligida va foydalanishida bo‘lgan har bir yer uchastkasi uchun yer solig‘i stavkalarining miqdorlari yer uchastkasining sifati, qanday joydaligi va suv bilan qanday ta’minlanganligiga qarab tabaqalashtirilgan holda belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23 senyabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Yerga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchining aybi bilan yerning sifati yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig‘i yerning sifati yomonlashishiga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
4-modda. Yer solig‘ini budjetga o‘tkazish va soliq to‘lovlaridan foydalanish
Yer solig‘i to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda xalq deputatlari tegishli viloyat, shahar va tuman Kengashlarining budjetiga tushadi.
To‘lovlarning bir qismi respublika miqyosidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining budjetida markazlashtiriladi. Bunday ajratmalarning me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yer solig‘i to‘lovlaridan tushgan mablag‘ eng avvalo yerlarni muhofaza qilishni yaxshilashga, yerlarning unumdorligini oshirishga, irrigatsiya va melioratsiya ishlariga, yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarni, shu jumladan ijarachilarni rag‘batlantirishga, yer tuzish ishlarini tashkil etishga, Davlat yer kadastri yuritish va hududni ijtimoiy rivojlantirishga sarflanadi.
III. YER SOLIFINI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI
5-modda. Yuridik shaxslar tomonidan yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan har yili 1-yanvargacha bo‘lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi. Yuridik shaxslar to‘lanishi lozim bo‘lgan yer solig‘ining hisob-kitoblarini 1-fevraldan kechiktirmay yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq idorasiga taqdim etadilar.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yer solig‘ini, to‘lanishi lozim bo‘lgan summaning yillik hisob-kitobini qilib, yilning har choragida teng ulushlarda 15-fevral, 15-may, 15-avgust va 15-noyabrda, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari hamda tashkilotlari – 15-sentabr va 15-dekabrda to‘laydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar yil davomida yer uchastkasiga mulkdorlik qilish, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lib qolgan, shuningdek ular foydalanadigan yer maydonini ko‘paygan yoki yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqlari to‘xtatilgan taqdirda, ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar huquqlari to‘xtatilgan kundan boshlab ko‘pi bilan bir oylik muddatda soliq idoralariga yer solig‘iga doir hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgandan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan (er maydoni kamaytirilgan), sotib olingan, sotilgan taqdirda soliq undirish yer uchastkasi olib qo‘yilgan, sotib olingan, sotilgan oydan boshlab to‘xtatiladi (soliq miqdori kamaytiriladi).
(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23 senyabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, ular ushbu huquq yuzaga kelgan oydan boshlab soliq to‘lashni to‘xtatadilar. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqlari to‘xtatilgan taqdirda, ular ushbu huquq to‘xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab yer solig‘i to‘lay boshlaydilar.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
6-modda. Fuqarolarning soliq to‘lash tartibi
Yer uchastkalarining mulkdorlari, yerga egalik qiluvchi yoki yerdan foydalanuvchi fuqarolar soliq organlari tomonidan har yili 1-yanvargacha bo‘lgan holatga qarab ro‘yxatga olinadilar. Soliqni hisoblash va uni to‘lash haqidagi xabarnomalar taqdim etish 1-aprelga qadar tugallanadi. Fuqarolar yer solig‘ini yiliga bir marta 1-noyabrga qadar to‘laydilar.
Fuqarolarga yil davomida yer uchastkasi ajratilgan (qo‘shimcha yer berilgan) hollarda yer solig‘i yer uchastkasi ajratilgandan keyingi oydan boshlab hisoblanadi. Yer solig‘i undirish yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkalari olganlari taqdirda yer solig‘ini yer olgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydilar. Yer solig‘i undirish yer uchastkasi sotilgan oydan boshlab to‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer solig‘i berib qo‘yilgan yer uchastkasidan foydalanilgani yoki foydalanilmaganidan, shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi darajasidan qat’i nazar, undiriladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
7-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer solig‘ini hisoblab chiqarish va undirish tartibi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer solig‘i ushbu Qonunda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
IV. YER SOLIFI BO‘YIChA IMTIYOZLAR
8-modda. Soliq undirilmaydigan yer uchastkalari
1. Quyidagi yerlar, chunonchi:
a) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, ariq tarmoqlari va hokazo);
b) bog‘dorchilik-dehqonchilik shirkatlari, jamoat garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
v) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatidagi yerlar (qo‘riqxonalar, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar (ov qilishga mo‘ljallanganlaridan tashqari) va tabiat yodgorliklari, ihota daraxtzorlari;
g) sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazish ahamiyatidagi (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash uchun maqbul tabiiy omillarga ega bo‘lgan) yerlar;
d) istirohatgoh yerlar (o‘rmonzorlar, bog‘lar, hiyobonlar, sayrgohlar, cho‘milish joylari va shunga o‘xshash aholining ommaviy dam olishi va sayyohlikni tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar;
e) tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan yerlar (tarixiy madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, qabristonlar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari va hokazo);
j) suv fondi yerlari (daryolar, qo‘llar, suv omborlari, kanallar, ichki dengizlar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xo‘jaligining ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari tegrasidagi yerlar va boshqalar);
z) zaxira yerlari;
Oldingi tahrirga qarang.
i) elektr uzatish tarmoqlari, kabel liniyalari va podstansiyalar uchun ajratilgan yerlar, issiqlik trassalari, gaz quvurlari va neft quvurlari umumdavlat aloqa liniyalari o‘tgan yerlar hamda ularning inshootlari joylashgan yerlar;
(8-moddaning “i” bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
k) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnika turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish-sog‘lomlashtirish joylari, o‘quv-mashq bazalari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari egallagan yerlar;
l) avtomobil va temir yo‘llar himoya ostidagi tegrasi va ulardagi inshootlari bilan, (xizmat bilan bog‘liq chek yer sifatida berilgan yerlardan tashqari) uchish-qo‘nish maydonlari, shu jumladan samolyotlarni yerda boshqarish yo‘lkalari va samolyotlarni saqlash joylari, aeroportlarning radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan hamda umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) uchun ajratilgan yerlar;
m) gidrometrologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari, mol haydab o‘tish uchun ajratilgan yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalariga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
n) yirik suv quvurlari, suv olish, tozalash, kanalizatsiya tarmoqlari, inshootlari va kommunal xo‘jalik obyektlari egallagan boshqa yerlar.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-son Qonuniga muvofiq “n” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda)
o) yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holati yaxshilanishi jarayonidagi sug‘oriladigan yerlar loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e’tiboran ko‘pi bilan besh yilga;
p) ilmiy tashkilotlarning, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlari tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlarida foydalaniladigan qishloq xo‘jalik ahamiyatidagi va o‘rmon fondidagi yerlari.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq “o” va “p” kichik bandlari bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq undirilmaydigan yer uchastkalarida bevosita mo‘ljallangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda, bunday yerlarga nisbatan ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
9-modda. Yer solig‘i to‘lashdan ozod etilgan to‘lovchilar
Quyidagi to‘lovchilar, chunonchi:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
v) mulkchilik shakli va bo‘ysunuvidan qati nazar, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalari o‘z zimmalaridagi vazifalarni bajarish maqsadida ajratilgan yer uchastkalari uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
g) “Vatanparvar” mudofaa jamiyati, “Orol” fondi, boshqa ekologiya hamda xayriya fondlari, diniy tashkilotlar, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalaridan tashqari;
(9-moddaning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
d) nogironlarning jamoat tashkilotlari, bu tashkilotlarning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari, basharti, ulardagi jami ishlovchilarning kamida 50 foizini nogironlar tashkil etsa;
e) kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan joylarda an’anaviy hunarmandchilik va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar – qishloq xo‘jaligidan bo‘lak maqsadlar yo‘lida foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
j) chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran ikki yil davomida.
(9-moddaning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
i) dehqon xo‘jaliklari – ro‘yxatga olingan paytdan boshlab 2 yil muddatga;
k) yaylov chorvachiligining cho‘ponlari, yilqiboqarlari, tuyaboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
l) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordenlari bilan mukofotlangan shaxslar, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari, Ulug‘ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari hamda baynalmilal burchini bajargan shaxslar, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan shaxslar, muddatli xizmat harbiy xizmatchilari, I va II guruh mehnat nogironlari, boquvchisidan mahrum bo‘lgan ko‘p bolali oilalar, bolaligidan nogironlar, bolaligida konsentratsion lagerlarning tutquni bo‘lgan fuqarolar, Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, shaxsiy va yolg‘iz pensionerlar – yakka tartibdagi uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qonunlarda nazarda tutilgan me’yorlar doirasida berilgan yer uchastkalari uchun;
(9-moddaning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
m) ko‘chib kelgan fuqarolar – yer uchastkalari berilgan vaqtdan boshlab 5 yil davomida o‘zlari ko‘chib kelib joylashgan yer uchastkalari uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
n) fuqarolar – yer uchastkalari berilgan vaqtdan boshlab 3 yil davomida yakka tartibdagi uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qonunlarda belgilangan me’yorlar doirasida berilgan yer uchastkalari uchun;
(9-moddaning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar bo‘lgan davrda, ammo davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytidan e’tiboran uzog‘i bilan uch yil muddatga;
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq “o” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
p) Markaziy bank va uning muassasalari;
r) O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan e’tiboran besh yil davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuniga muvofiq “p” va “r” kichik bandlari bilan to‘ldirilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lashdan ozod qilingan soliq to‘lovchilar yerlardan bevosita mo‘ljallangan maqsadda foydalanmagan taqdirda, ularga nisbatan ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
10-modda. Ayrim yer egalari va yerdan foydalanuvchilar uchun stavkalar hamda qo‘shimcha imtiyozlar
1. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi ehtiyojlariga ajratilgan yer uchastkalari uchun (qishloq xo‘jaligi faoliyati yuritish maqsadida ajratilgan yerlardan tashqari) yer solig‘i stavkalari hamda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
2. Viloyatlar, shaharlar va tumanlarning vakolatli hokimiyat idoralari fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli budjetga ajratiladigan summalar doirasida yer solig‘i to‘lovi bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar berishga haqlidirlar.
V. YuRIDIK ShAXSLAR, FUQAROLAR HAMDA SOLIQ IDORALARNING VAZIFALARI VA JAVOBGARLIGI
11-modda. Yuridik shaxslar va fuqarolarning vazifalari
Yuridik shaxslar va fuqarolar:
a) yer solig‘i to‘lashga doir hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi belgilaydigan shaklda yer uchastkasi joylashgan shahar yoki tumanning soliq idorasiga taqdim etishlari;
b) to‘lanish lozim bo‘lgan soliq summalarini o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda budjetga to‘lashlari shart.
12-modda. Yuridik shaxslar va fuqarolarning javobgarligi
Yuridik shaxslar, fuqarolar hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Qonunni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq moddiy, ma’muriy, intizomiy va jinoiy javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqini beruvchi order olingandan keyin yer uchastkalarida bir yil davomida foydalanmaganlik uchun uch baravar miqdorda yer solig‘i undiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
13-modda. Soliq idoralarining huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati hamda ularning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibi
Davlat soliq idoralarining yuridik shaxslar va fuqarolarni hisobga olish, yer solig‘i to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek bu soliq to‘lovini undirish chog‘idagi huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladi.
14-modda. Ushbu Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnoma
“Yer solig‘i to‘g‘risida”gi Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
831-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 215-modda; 1994-y., 5-son, 161-modda; 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y.,6-son, 118-modda; 9-son, 193-modda; 1996-y., 5-6-son, 69-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda)