|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2005-2006-YILLARDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI TOʻGʻRISIDA” 2005-YIL 14-MARTDAGI PQ–29-SON QARORIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 20-oktabrdagi PQ-204-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 14-martdagi PQ–29-son qarori 1-ilovasining “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” XK” boʻlimidagi 349, 353 va 354-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-dekabr,
PQ–242-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 378-modda)