Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-avgust,
477-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-songa ilova)