Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.10.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING YONG‘INDAN SAQLASH OLIY TEXNIK MAKTABINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-310-sonli “Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yong‘in xavfsizligi mutaxassislarini qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish va O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi o‘quv yurtlari tuzilmasini eng maqbul holga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yong‘in xavfsizligi muhandislari Toshkent fakulteti va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in xavfsizligi mutaxassislarini tayyorlash va ichki ishlar organlari boshliqlari tarkibi malakasini oshirish bo‘yicha Toshkent yong‘indan saqlash texnik bilim yurti negizida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabini tashkil etish birlashtiriladigan o‘quv yurtlari doimiy va o‘zgaruvchan tarkibning amaldagi umumiy soni doirasida amalga oshirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabining Ustavini va tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabini 1993-yilda moliyaviy ta’minlashni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini mablag‘ bilan ta’minlash uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 1993-1994-yillarda Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabining o‘quv-laboratoriya binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish uchun mablag‘ binosi ajratish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 11-avgust,
404-son