Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING VALYUTA-IQTISODIYOT BOSH BOSHQARMASI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi xodimlarining faoliyatini takomillashtirish va masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga 1994-yil 1-oktabrdan boshlab valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi xodimlariga lavozim maoshining 70 foizi miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
2. Ustamalar joriy etish bilan bogʻliq 1994-yildagi xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mehnatga haq toʻlash fondi doirasida amalga oshirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-oktabr,
503-son