Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMONLARINING AYRIM QOIDALARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlarga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-sonli Farmonining 6-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-2772-sonli Farmoni ilovasining 5-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3077-sonli Farmonining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-sentabr,
PF-3664-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 295-modda)