|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda dinshunoslik fani asoslari, muqaddas islom dini tarixi va falsafasi, bu sohaning jamiyat hayoti va rivojidagi ahamiyatini nazarda tutib, Toshkent islom universitetini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning diniy va dunyoviy bilimlar hamda xorijiy tillarni puxta egallaganini eʼtiborga olib, ularning mehnatini ragʻbatlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini bitirib, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan bakalavr va magistrlarning lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida oylik qoʻshimcha haq belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-avgust,
347-son