Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA HAVO TRANSPORTINI BOShQARISh TIZIMI TOʻGʻRISIDA” 1992-YIL 4 FEVRALDAGI 44-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarorining 4-bandidagi bosh direktorining 6 nafar oʻrinbosari soʻzlaridan keyin “shu jumladan bitta birinchi oʻrinbosari” degan soʻzlar kiritilsin.
Shu bandga quyidagi tahrirdagi 2-xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi Bosh direktorining oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kompaniyaning chet eldagi vakolatxonalari rahbarlari lavozimlariga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda aviakompaniya tomonidan tayinlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-fevral,
53-son