O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT CHEGARASIGA TUTASH HUDUDLARDA YERDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va unga tutash hududlarda yerdan foydalanishni tartibga solish manfaatlarini ko‘zlab Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi chegaradosh Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari vakillari bilan birgalikda 1994-1995-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasining Hamdo‘stlik davlatlari bilan chegaralarini aniqlasin va joylarda O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini biriktirib qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi chegara qo‘shinlariga quyidagi yer maydonlarini bepul foydalanish uchun bersinlar;
Afg‘oniston Islom Davlati bilan chegarasining butun uzunligi bo‘ylab Davlat chegarasi chizig‘i (suvdagi bo‘lingan joy) dan asosiy muhandislik inshootlari chegarasigacha, lekin kamida 500 metrgacha bo‘lgan yerlarni;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan chegaradagi yerlarni — chegaralar aniqlangandan va birkitib qo‘yilgandan keyin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-martdagi 115-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan chegaralardagi bunday yerlarni chegaradosh davlatlar bilan chegaralar aniqlangan va birkitib qo‘yilgan vaqtdan boshlab 2 oy mobaynida bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Berilgan yerlar doirasida har qanday xo‘jalik, tadbirkorlik va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni yuritish faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining ruxsatiga binoan, taraflar o‘rtasida ijara, investitsiya va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rasmiylashtiriladigan shartnomalarga muvofiq, tegishli to‘lov evaziga amalga oshirilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-sentabr,
480-son