|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.07.2021
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRIning
buyrug‘i
“Auditorlik tashkilotlarining kasbiga doir xizmatlari” O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (90-son AFMS)ni tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 10-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1017]
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2001-yil 14-fevral,
19-son
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2001-yil 14-fevralda 19-son buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
90-sonli AFMS “Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari”
O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti
Mazkur Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining rolini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
1-§. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Milliy standartning maqsadi bo‘lib:
auditorlik tashkilotlari ko‘rsatadigan professional xizmatlar ro‘yxatini;
professional xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzishda hal etiladigan maxsus o‘ziga xos masalalarni;
professional xizmatlarni ko‘rsatish natijalari to‘g‘risida auditor hisobotining mazmunini aniqlashdan iborat.
2. Mazkur standart talablari professional xizmatlar ko‘rsatishda barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Auditorlik tashkiloti o‘z faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida va mazkur standart bilan belgilangan har qanday professional xizmatlarni ko‘rsatishga haqlidir.
2-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR KO‘RSATISh TARTIBI
4. Professional xizmatlar auditorlik tashkiloti bilan ushbu xizmatlar buyurtmachisi o‘rtasida tuziladigan professional xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Auditor shartnomani bajarayotganda auditor bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) va zarurat bo‘lganda istalgan uchinchi tomonlar bilan kelishilgan tartib-taomillarni (amallarni) o‘tkazadi va ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risida asoslangan xulosalar bilan hisobot taqdim etadi.
5. Auditor ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt (buyurtmachi) ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari bo‘yicha o‘z xulosalarini chiqarishga haqlidir.
7. Hisobot, professional xizmatlar ko‘rsatish shartnomasining shartlariga muvofiq hajmda va muddatlarda professional xizmatlar buyurtmachisiga taqdim etiladi.
3-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR RO‘YXATI
8. Auditorlik tashkiloti quyidagi professional xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:
a) buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish:
boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish;
moliyaviy hisobni tashkil etish, qayta tiklash va yuritish;
buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish (kompyuterlashtirish);
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar;
b) moliyaviy hisobotni tuzish;
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga o‘tkazish;
g) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish:
moliyaviy holatni tahlil qilish;
likvidlilikni tahlil qilish;
to‘lov qobiliyatini tahlil qilish;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar;
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha konsalting xizmati:
texnik-iqtisodiy asoslanmalarni (TIA) tayyorlash, investitsiya loyihalarini va biznes-rejalarni ishlab chiqish va baholash;
buxgalteriya hisobi va soliq solish masalalari bo‘yicha maslahatlar;
moliyaviy menejment bo‘yicha maslahatlar;
arketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
unumdorlik va samaradorlikni baholash maqsadlarida xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining tartib-taomillari va uslublarini tahlil qilish;
moliya-xo‘jalik faoliyati sohasidagi boshqa konsalting xizmatlari;
e) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish:
soliq hisobini tashkil etish va yuritish;
soliq organlarining tekshiruv dalolatnomalari bo‘yicha e’tirozlar tayyorlash;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish;
soliq hisobi va soliq solish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar;
g) boshqa xizmatlar:
auditorlik faoliyati bilan bog‘liq sohada tadqiqotlar, seminarlar, konferensiyalar, izlanishlar o‘tkazish va ularning natijalarini, shu jumladan bosma ko‘rinishda, tarqatish;
buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo‘jalik faoliyati tahlili va soliq solish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash.
4-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR KO‘RSATISh ShARTNOMASINI BAJARIShNING UMUMIY PRINSIPLARI
9. Professional xizmatlar ko‘rsatishda auditor amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilishi lozim.
5-§. ShARTNOMA TUZILAYOTGANDA HAL QILINADIGAN MASALALAR
10. Professional xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayyorlanadi va tuziladi.
11. Auditorlik tashkiloti shartnomada quyidagi masalalarni ham aks ettirishi lozim:
professional xizmatlar qamrab olinadigan moliyaviy axborotlar hajmi va hisobot davrlari;
shartnomada belgilangan predmet bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar natijalari to‘g‘risida hisobot tuzish uchun zarur bo‘lgan dalillarni olish maqsadida bajariladigan tartib-taomillar;
professional xizmatlar ko‘rsatish jarayonida erishilgan natijalarni rasmiylashtirish tartibi, ro‘yxati va shakllari;
hisobotni tarqatishga doir cheklovlar.
6-§. TARTIB-TAOMILLAR VA DALILLAR
12. Professional xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida kelishilgan tartib-taomillar miqdori va hajmi ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish uchun zarur miqdordagi dalillarni olish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
13. Kelishilgan tartib-taomillar o‘z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
so‘rovnoma va tahlil;
takroriy sanash, qiyoslash va boshqa matematik hamda tahliliy usullar;
kuzatuv;
inventarizatsiyalash;
isbot-dalillarni olish;
ma’lumotnoma va tavsiyanomalar taqdim etish.
7-§. PROFESSIONAL XIZMATLARNI KO‘RSATISh NATIJALARI TO‘G‘RISIDA HISOBOT
14. Professional xizmatlarni ko‘rsatish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
a) hisobot nomi;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektning (buyurtmachining) nomi va manzili;
v) auditorlik tashkilotining nomi va manzili;
g) shartnoma raqami va sanasiga ko‘rsatma;
d) tartib-taomillar standartlarga (aynan qaysilariga) muvofiq bajarilganligiga ko‘rsatma;
e) kelishilgan tartib-taomillarni bajarishdan maqsad;
j) aniq bajarilgan tartib-taomillar ro‘yxati;
z) tartib-taomillar natijalarining bayoni;
i) hisobot faqat moliyaviy axborotning muayyan elementlariga, moddalariga taalluqli ekanligiga va u xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmasligiga (imkoni bo‘lgan joylarda) ko‘rsatma;
k) hisobot tuzilgan sana;
l) professional xizmatlar ko‘rsatgan mutaxassisning (auditorning) familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi (har bir sahifada).
15. Xo‘jalik yurituvchi subyektga (buyurtmachiga) ko‘rsatilgan xizmatlar natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etilganda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi va u auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 27-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1017-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1017-1/2818-son)
8-§. PROFESSIONAL XIZMATLAR UChUN JAVOBGARLIK
16. Professional xizmatlarni sifatsiz ko‘rsatganligi uchun auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
17. Ko‘rsatilgan professional xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotda berilgan axborotlar maxfiy hisoblanadi. Buyurtmachining roziligisiz ushbu axborotlarni e’lon qilgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.