

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-7901169" id="-7901169">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7901170" id="-7901170">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-7901171" id="-7901171">Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7901172" id="-7901172"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901173" id="-7901173">Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiyasiga </a>muvofiq, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar oliy qadriyat boʻlib, ularni himoya qilish sudlarning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanishini inobatga olgan holda ushbu toifadagi nizolarni hal qilishda vujudga keladigan masalalarni tushuntirish, qonun normalarini toʻgʻri qoʻllanilishini va yagona sud amaliyotini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901174" id="-7901174">1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining (bundan buyon matnda Konstitutsiya deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-6445145#-6445237">13-moddasiga</a> muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901176" id="-7901176">Sudlar Konstitutsiyaning <a href="/ru/acts/-6445145#-6445428">26</a>, <a href="/ru/acts/-6445145#-6445434">27 </a>va <a href="/ru/acts/-6445145#-6445529">31-moddalari</a>, Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-111189#-152922">99 </a>va <a href="/ru/acts/-111189#-152927">100-moddalari</a>, Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonun deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-1106870#-1107504">6 </a>va <a href="/ru/acts/-1106870#-1107854">34-moddalari</a> va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlangan huquqlar buzilishi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek, notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishi, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqi (unutilish huquqi) va boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishga haqli ekanligidan kelib chiqishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901177" id="-7901177">2. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlar deganda shaxsning:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901178" id="-7901178">hayoti va sogʻligʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901179" id="-7901179">shaxsiy daxlsizligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901180" id="-7901180">shaxsiy hayot daxlsizligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901181" id="-7901181">xususiy va oilaviy sir saqlash huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901182" id="-7901182">ism (nom)ga boʻlgan huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901183" id="-7901183">tasvirga boʻlgan huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901184" id="-7901184">shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901185" id="-7901185">mualliflik huquqi, shu jumladan intellektual faoliyat sohasidagi huquqlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901187" id="-7901187">shaʼni va qadr-qimmati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901190" id="-7901190">ishchanlik obroʻsi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901191" id="-7901191">boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901192" id="-7901192">tugʻilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq shaxsga tegishli boʻlgan boshqa nomoddiy neʼmatlar tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901193" id="-7901193">Ushbu huquqlarning buzilishi mulkiy oqibatlarga olib kelishidan qatʼi nazar, sud orqali himoya qilinishi mumkin va ularni cheklash faqat qonunlarda belgilangan holatlardagina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901194" id="-7901194">3. Shaxsning shaxsiy nomulkiy huquqlaridan birining buzilishi ularni himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901195" id="-7901195">Sud orqali himoya qilishning shakli va usuli buzilgan huquqning xususiyati, aralashuv usuli, shuningdek ishni koʻrishda aniqlangan holatlarni hisobga olgan holda belgilanadi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901196" id="-7901196">buzilgan huquqni tan olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901197" id="-7901197">aralashuvning qonunga xilofligini tan olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901198" id="-7901198">huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901199" id="-7901199">huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarni, jumladan shaxsning roziligisiz axborot, tasvirlar, shaxsga doir maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlardan foydalanish, ularni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, berish, tarqatish, uzatishni taqiqlash, shuningdek egasizlantirish va yoʻq qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901200" id="-7901200">aralashuvni toʻxtatishga majbur qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901201" id="-7901201">raddiya berish majburiyatini yuklash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901202" id="-7901202">huquqni buzuvchi axborotlarni oʻchirish, yoʻq qilish yoki bloklash, axborotning notoʻgʻri ekanligini eʼlon qilish majburiyatini yuklash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901203" id="-7901203">moddiy zarar va maʼnaviy ziyon uchun tovon undirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901204" id="-7901204">qonunchilikda nazarda tutilgan buzilgan huquqni tiklashni taʼminlovchi boshqa choralar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901205" id="-7901205">4. Tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy va boshqa nomoddiy neʼmatlarga oid huquqlarning buzilishi (shaxsiy hayot toʻgʻrisidagi va shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish yoki noqonuniy tarzda toʻplash, shaxsning roziligisiz uning tasvirini tarqatish yoki tarqatish bilan qoʻrqitish, ismdan gʻayriqonuniy foydalanish, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash, saqlash, tarqatish yoki uzatish va h.k.) bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901208" id="-7901208">muayyan huquqning buzilganligi fakti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901210" id="-7901210">qonun bilan himoya qilinadigan shaxsiy nomulkiy huquqlarga aralashuv fakti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901211" id="-7901211">ushbu harakatlarga shaxsning roziligi mavjud emasligi (agar amaldagi qonunchilikda bunday rozilik talab etilsa);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901212" id="-7901212">huquqni buzgan shaxsning xatti-harakatlari va kelib chiqqan salbiy oqibatlar oʻrtasida sababiy bogʻlanish borligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901213" id="-7901213">ushbu oqibatlarning xususiyati va ogʻirlik darajasi (maʼnaviy va ruhiy azob-uqubatlar, ijtimoiy yoki kasbiy obroʻning yoʻqotilishi, shaxsiy va oilaviy hayotga aralashish va hokazo);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901214" id="-7901214">aybdor shaxs tomonidan axborotdan foydalanish maqsadi (tijorat, siyosiy yoki shaxsiy manfaat va hokazo);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901215" id="-7901215">sud himoyasi choralari qoʻllanilishi uchun asoslar mavjudligi aniqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901216" id="-7901216">Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda maʼnaviy zararni qoplash toʻgʻrisida talab qoʻyilgan taqdirda, buzilgan huquqning xususiyati, shaxsning aybi shakli va darajasi, shuningdek boshqa muhim holatlarni hisobga olgan holda yetkazilgan maʼnaviy azob-uqubatlarning xususiyati ham aniqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901217" id="-7901217">5. Shaxsiy nomulkiy huquqlariga tajovuz qilingan yoki oʻzi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlar tarqatilgan shaxs bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-111453#-6438712">126<sup>1</sup></a> (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik), <a href="/ru/acts/-111453#-262239">139</a> (tuhmat), <a href="/ru/acts/-111453#-262273">140</a> (haqorat qilish), <a href="/ru/acts/-111453#-262303">141</a> (fuqarolarning teng huquqliligini buzish), <a href="/ru/acts/-111453#-3035061">141<sup>1</sup></a><sup> </sup>(shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), <a href="/ru/acts/-111453#-5449814">141<sup>2</sup></a> (shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish), <a href="/ru/acts/-111453#-6437845">141<sup>3</sup></a> (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish), <a href="/ru/acts/-111453#-262338">143</a> (xat-yozishmalar, telefonda soʻzlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish)-moddalariga koʻra jinoiy, yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/ru/acts/-97664#-197982">40 </a>(tuhmat), <a href="/ru/acts/-97664#-197986">41</a> (haqorat qilish), <a href="/ru/acts/-97664#-6437241">59<sup>2</sup></a> (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik), <a href="/ru/acts/-97664#-5190647">202<sup>2</sup></a> (yolgʻon axborot tarqatish)-moddalariga koʻra maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901218" id="-7901218">Sudlarga tushuntirilsinki, jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilganligi, jinoyat ishi tugatilganligi yoxud oqlov hukmi chiqarilganligi, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ishni qoʻzgʻatish rad etilganligi yoki qoʻzgʻatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish tugatilganligi shaxsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik tartibida himoya qilish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatish huquqini istisno etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901219" id="-7901219">Shaxsning bunday ariza bilan murojaat qilmaganligi yoxud javobgarning harakatlarida jinoyat tarkibi yoki maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan-aniqlanmaganligidan qatʼi nazar, sudlar FKning <a href="/ru/acts/-111189#-152922">99</a>, <a href="/ru/acts/-111189#-152927">100-moddalari</a> bilan qoʻriqlanadigan shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish maqsadida, aniqlangan ish holatlaridan kelib chiqib, qaror qabul qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901220" id="-7901220">6. Sudlarga tushuntirilsinki, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-1106870#-1107854">34-moddasi</a> va “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-83472#-5353520">12<sup>1</sup>-moddasiga</a> koʻra, ommaviy axborot vositalarida, veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, bloglarda va boshqa axborot internet-resurslarida bunday maʼlumotlar eʼlon qilinishi natijasida shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa nomoddiy neʼmatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar bunday huquqlarini himoya qilishga, shu jumladan raddiya eʼlon qilish yoki tegishli tartibda javob qaytarishni talab etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901221" id="-7901221">Gazeta, teleradio, video, kinoxronika dasturlari va ommaviy axborotni tarqatishning boshqa elektron shakllari tahririyati tomonidan olingan raddiya yoki javob aynan oʻsha dastur yoki turkumda, kelgan kunidan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, boshqa davriy nashrlarda esa navbatdagi sonda eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901222" id="-7901222">Ommaviy joylashtirilgan axborotni oʻz ichiga olgan internet-resurslar (veb-saytlar, sayt sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va boshqa raqamli platformalar)ning egalari notoʻgʻri maʼlumotlarni darhol oʻchirib tashlashi hamda dastlabki axborot joylashtirilgan joyda va shaklda raddiya yoki javob joylashtirilishini taʼminlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901224" id="-7901224">Ommaviy axborot vositasi raddiyani, javobni eʼlon qilishdan boʻyin tovlasa yoxud ularni eʼlon qilish uchun belgilab qoʻyilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901225" id="-7901225">Shaxsning raddiya berish haqida resurs egalariga murojaat qilmaganligi uning bunday talab bilan sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901226" id="-7901226">7. Sudlarning eʼtibori, shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvo arizada bir vaqtning oʻzida biri ikkinchisidan kelib chiqqan faqat nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan talablar (masalan, buzilgan huquqni tan olish, raddiya eʼlon qilish, axborotni oʻchirish, uzr soʻrash va h.k.) mavjud boʻlsa, davlat boji faqat asosiy talab boʻyicha nomulkiy xususiyatdagi arizalar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqib, undirilishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901227" id="-7901227">Agar nomulkiy huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bilan bir vaqtda moddiy zarar yoxud maʼnaviy ziyon uchun tovon undirish toʻgʻrisidagi talab qoʻyilgan boʻlsa, davlat boji umumiy asoslarda — mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan mustaqil talablar uchun alohida belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-4680944">Qonun </a>bilan belgilangan davlat boji toʻlovidan ozod qilish holatlari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901228" id="-7901228">8. Hayot va sogʻliqqa boʻlgan huquq <a href="/ru/acts/-6445145">Konstitutsiya</a>, fuqarolik, jinoiy va maʼmuriy qonunchilik, shuningdek, xalqaro shartnomalar bilan himoyalanadigan asosiy va mutlaq shaxsiy nomulkiy huquqlar sirasiga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901229" id="-7901229">Bu huquqlarning buzilishi faol gʻayriqonuniy harakatlar (zoʻravonlik, oʻz joniga qasd qilishga undash, tan jarohati yetkazish va hk.) shaklida ham, sogʻliqqa zarar yetkazilishiga olib kelgan gʻayriqonuniy harakatsizlik (masalan, tibbiy yordam koʻrsatishni rad etish) shaklida ham namoyon boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901230" id="-7901230">Sudlar javobgarning gʻayriqonuniy harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan salbiy oqibatlar oʻrtasida sababiy bogʻlanish mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901251" id="-7901251">9. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda shaxsiy daxlsizlik va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqlarini bir-biridan farqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901252" id="-7901252">Jumladan, shaxsning daxlsizlikka boʻlgan huquqi uning erkinlikda boʻlishi, qonunga asoslanmagan holda ozodligi cheklanishi mumkin emasligi bilan ifodalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901253" id="-7901253">Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi shaxsning tugʻilishi bilan unda mavjud boʻladigan asosiy huquqlardan biri boʻlib, uning oʻziga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, shaxsiy va oilaviy sirlari, yozishmalari va oʻziga tegishli boʻlgan boshqa axborotlarni himoya qilish huquqi mavjudligini anglatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901255" id="-7901255">Bunday ishlarni koʻrishda, sudlar tarqatilgan axborotning xususiyati, shaxsning roziligi, aralashuv fakti, sababiy bogʻlanishni mavjudligi, yuzaga kelgan oqibatlar hamda tarqatish shakli va usulini aniqlashlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901257" id="-7901257">10. Sudlarning eʼtibori xususiy va oilaviy sirga boʻlgan huquq xususiy va oilaviy munosabatlar haqidagi maxfiy maʼlumotlarni, jumladan nikoh, farzandlar, farzandlikka olish, tibbiy, ijtimoiy, maishiy va fuqaro hayotining shaxsiy sohasini tashkil etuvchi boshqa holatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni himoya qilishni oʻz ichiga olishi, ushbu huquqqa aralashuv faqat qonun asosida yoki shaxsning ixtiyoriy ravishda bergan roziligi bilangina yoʻl qoʻyilishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901259" id="-7901259">Shaxsning roziligisiz yoki bunday rozilik berilgan maqsadlar doirasidan tashqari koʻrsatilgan maʼlumotlarni noqonuniy yigʻish, tarqatish, eʼlon qilish yoki ulardan foydalanish shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzish hisoblanishi, bunday maʼlumotlarni oshkor etilishi shaʼn, qadr-qimmat, obroʻ va boshqa shaxsiy huquqlarga zarar yetkazish deb baholanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901262" id="-7901262">11. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, ism (nom)ga boʻlgan huquq uni erkin tanlash, foydalanish, oʻzgartirish, uni buzib koʻrsatilishi va uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ishlatilishidan himoya qilishni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901263" id="-7901263">Ism shaxsni individuallashtirish elementi hisoblanib, zararning mavjudligidan qatʼi nazar shaxsiy nomulkiy huquq sifatida himoyalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901264" id="-7901264">Ismni oʻzlashtirish, almashtirish, qasddan buzib koʻrsatish, shaxsning roziligisiz uning obroʻsiga, qadr-qimmatiga yoki huquqiy shaxsiyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyatlarda foydalanish bilan bogʻliq harakatlar nomulkiy huquqni buzish deb hisoblanadi. Sudlar ismdan ijodiy asarlarda, nashrlarda, raqamli profillarda va jamoatchilik bilan muloqotda foydalanilganligi shaxsning huquqlariga daxl qilgan-qilmaganligini aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901265" id="-7901265">Bu huquqlar huquqni buzganlik faktini tan olish, ismdan foydalanishni toʻxtatish majburiyatini yuklash, uning toʻgʻri shaklini tiklash, keyingi tajovuzlarni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash orqali tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901266" id="-7901266">Soxta ismdan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda, agar bu ism shaxsni daʼvogar bilan bir kishi deb hisoblash imkonini bersa va uning obroʻsiga putur yetkazsa, nafaqat ismga boʻlgan huquq, balki shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsiga boʻlgan huquqlar ham himoya qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901267" id="-7901267">12. Sudlar shaxsning tashqi koʻrinishining har qanday shaklda qayd etilishi (jumladan, fotosurat, videoyozuv, portret, rasm, raqamli model, grafik yoki sunʼiy yaratilgan tasvir) shaxsiy nomulkiy huquq sifatida himoya qilinishini, qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollardan tashqari shaxs tasvirini yaratish, undan foydalanish, uni koʻpaytirish yoki tarqatishga faqat uning roziligi mavjud boʻlganda ruxsat etilishini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901268" id="-7901268">Shaxsning roziligisiz tasvirni qayd etish yoki tarqatish, tasvirni buzib koʻrsatish yoki uni kamsituvchi, obroʻsizlantiruvchi yoxud chalgʻituvchi kontekstda joylashtirish, tasvirdan tijorat maqsadlarida ruxsatsiz foydalanish, shaxsning asl koʻrinishini buzishga olib keladigan tasvirni raqamli qayta ishlash (jumladan, deepfake, videomateriallarga kiritish, soxta “skrinshot”lar yaratish va hokazo), internetda xabardor qilmasdan yoki rozilik olmasdan cheklanmagan kirish huquqi bilan ommalashtirish tasvirga boʻlgan huquqni buzish deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901269" id="-7901269">Sudlar ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda, mazkur qarorning 4-bandida sanab oʻtilgan holatlardan tashqari, tasvirni qayd etish, undan foydalanish yoki uni tarqatish fakti, raqamli qayta ishlash, sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan videotasvirlarda shaxsni aniqlash imkoniyati (jumladan tashqi, ovoz, biometrik belgilar yigʻindisi boʻyicha), mazkur shaxsga tasodifiy oʻxshashlik holatlari, tasvirning haqiqiy emasligini bildiruvchi dalillar mavjudligini aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901270" id="-7901270">Shaxsning tasvirga boʻlgan huquqini himoya qilish harakatlarni gʻayriqonuniy deb topish, raqamli muhitda tasvirni oʻchirish yoki bloklash, vizual materialdan foydalanishni oʻchirish, bloklash yoki texnik cheklash majburiyatini yuklash (jumladan, raqamli platformalar maʼmurlariga murojaat qilish orqali), tasvirdan keyinchalik foydalanishni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash, huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash shakllarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901271" id="-7901271">Tasvirdan foydalanish salbiy kontekst bilan bogʻliq boʻlgan hollarda (masalan, tahqirlovchi nashrda, parodiyada, soxtalashtirilgan matn qoʻshilganda yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan birga ishlatilganda), nafaqat tasvirga boʻlgan huquq, balki shaxsning shaʼni, qadr-qimmati, ishchanlik obroʻsi, shuningdek, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi ham himoya qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901272" id="-7901272">13. Sudlar shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqi shaxsni toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita aniqlash imkonini beradigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan shaxsiy nomulkiy huquq ekanligidan kelib chiqishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901273" id="-7901273">Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish (jumladan, ularni toʻplash, saqlash, foydalanish, tarqatish, oʻzgartirish va uzatish) faqat maʼlumotlar subyektining xabardorligi va ixtiyoriy, aniq roziligi bilan yoki boshqa qonuniy asosda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901274" id="-7901274">“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-4396419#-4397469">21-moddasiga </a>koʻra, bunday rozilik uning olinganligi faktini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday shaklda boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901275" id="-7901275">Shu bilan birga, Qonunning <a href="/ru/acts/-4396419#-4397562">25-moddasida</a> nazarda tutilgan shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901276" id="-7901276">Maʼlumotlar subyekti muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, voyaga yetmagan yoki vafot etgan hollarda, rozilik uning qonuniy vakili yoki merosxoʻrlari tomonidan yozma, shu jumladan elektron shaklda beriladi. Maʼlumotlar subyekti istalgan vaqtda oʻz roziligini u qanday shaklda berilgan boʻlsa, oʻsha shaklda yoki yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat koʻrinishida qaytarib olish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901277" id="-7901277">Tegishli rozilikning mavjud emasligi, ishlov berishning belgilangan maqsadlaridan chetga chiqish yoki qonuniylik va yetarlilik tamoyillariga rioya qilmaslik shaxsiy huquqlarning buzilishi deb tan olinadi va fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901278" id="-7901278">Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishi natijasida buzilgan huquqlar maʼlumotlarga ishlov berish boʻyicha harakatlarni qonunga xilof deb topish, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni toʻxtatish majburiyatini yuklash, ularni oʻchirish yoki bloklash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash, shuningdek buzilgan huquqni tiklashga qaratilgan boshqa usullar bilan tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901279" id="-7901279">Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish qonunga xilof deb topilganda, sud operatorga maʼlumotlarni toʻliq oʻchirish va ularning zaxira nusxalarini ham yoʻq qilish majburiyatini yuklashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901280" id="-7901280">14. Sudlar muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari (mualliflik huquqi, nomga boʻlgan huquq, asarning daxlsizligi huquqi, eʼlon qilish huquqi va boshqalar) boshqa shaxsga oʻtkazilmasligidan, muddatsiz amal qilinishidan va mulkiy manfaatlaridan qatʼi nazar himoya qilinishidan kelib chiqishi lozim. Bunday huquqlar intellektual mehnat natijasi yaratilgan paytdan boshlab vujudga keladi va ham milliy, ham xalqaro qonunchilik bilan himoya qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901281" id="-7901281">Mualliflikni oʻzlashtirib olish, asarni ruxsatsiz eʼlon qilish, uning mazmuni yoki shaklini buzib koʻrsatish, shuningdek subyektning ijodiy oʻziga xosligiga boshqacha tarzda aralashishga qaratilgan harakatlar mualliflik huquqini buzish deb tan olinib, u huquqni eʼtirof etish, huquq buzilishini taqiqlash, oqibatlarni bartaraf etish, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash va qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901282" id="-7901282">Sudlar bunday toifadagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Intellektual mulkka oid ishlarni koʻrib chiqishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining tushuntirishlarini ham qoʻllashlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901283" id="-7901283">15. Sudlar shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi talablarni FKning <a href="/ru/acts/-111189#-152922">99-moddasida</a> sanab oʻtilgan, fuqaro haqidagi maʼlumotlarni tarqatish bilan bogʻliq holda buzilgan boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talablardan farqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901284" id="-7901284">Bu maʼlumotning daxlsizligi Konstitutsiya va qonunlar bilan muhofaza qilinadi va uni tarqatish, hatto bu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelsa ham, biroq, daʼvogarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazsa, u maʼnaviy zarar talab qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901285" id="-7901285">16. Sudlar shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsi begonalashtirib boʻlmaydigan shaxsiy nomoddiy boyliklar boʻlib, mulkiy zarar mavjudligidan qatʼi nazar, qonun bilan himoyalanishini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901286" id="-7901286">Mazkur huquqlar tarqatilgan maʼlumotlarni haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan deb tan olish, raddiya berish majburiyatini yuklash, axborotni oʻchirish va (yoki) uni keyinchalik tarqatishni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash orqali tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901287" id="-7901287">17. Fuqaro FKning <a href="/ru/acts/-111189#-152927">100-moddasiga</a> muvofiq, oʻzining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli. Bu qoida yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsini himoya etishga nisbatan ham tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901289" id="-7901289">Fuqaroning yoki yuridik shaxsning qonun normalarini buzganligi, shaxsiy, ijtimoiy yoki siyosiy hayotda notoʻgʻri xatti-harakatlar sodir etganligi, ishlab chiqarish-xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda vijdonsizlik qilganligi, ishchanlik etikasi yoki ish muomalasi odatlarini buzganligi haqida notoʻgʻri tarqatilgan maʼlumotlar, shuningdek, fuqaroning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki fuqaroning yoxud yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901290" id="-7901290">Shaxs yoki shaxslar guruhining qadr-qimmatini jins, irq, millat, til, din, eʼtiqod, sogʻligʻi holati yoki boshqa belgilari boʻyicha kamsitadigan fikrlar yoki bayonotlar kamsituvchi maʼlumotlar boʻlib, ular shaxsiy nomulkiy huquqlarning buzilishi sifatida huquqiy baholanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901291" id="-7901291">18. Tushuntirilsinki, FK <a href="/ru/acts/-111189#-152927">100-moddasining</a> birinchi qismiga muvofiq, shaxsning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan deb hisoblash uchun bunday maʼlumotlarni birgina uchinchi shaxsga yetkazish yoki undan foydalanish imkonini yaratish yetarli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901293" id="-7901293">Sudlar bunday maʼlumotlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901294" id="-7901294">matbuotda eʼlon qilish, radio va televideniyeda uzatish, kinoxronika, ommaviy chiqishlar, xizmat tavsiflari, mansabdor shaxslarga murojaatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901295" id="-7901295">Internet tarmogʻida joylashtirish (veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, izohlar, messenjerlar, kanallar, guruhlardagi sahifalar va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901296" id="-7901296">elektron xatlar va xabarlarni bir yoki bir nechta shaxsga yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901297" id="-7901297">audio- va video materiallarni videoxostinglar, striming platformalarida tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901298" id="-7901298">ogʻzaki ravishda maʼlumotni bir yoki bir nechta shaxsga yetkazish orqali tarqatilishi mumkinligini nazarda tutishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901299" id="-7901299">Maʼlumotlarni faqat ular taalluqli boʻlgan fuqaro yoki yuridik shaxs vakilining oʻziga yetkazish tarqatish deb hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901300" id="-7901300">19. Sud hujjatlari, surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari qarorlari, xizmat tekshiruvi xulosalari va boshqa protsessual yoki rasmiy hujjatlardagi maʼlumotlarni rad etish toʻgʻrisidagi talablar, agar ularni nizolashish uchun qonunda maxsus tartib belgilangan boʻlsa, FK <a href="/ru/acts/-111189#-152927">100-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqilmaydi. (masalan, xizmat tekshiruvi xulosasida keltirilgan maʼlumotlar faqat Mehnat kodeksida nazarda tutilgan tartibda nizolashish mumkin).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901301" id="-7901301">20. Shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlar qonunda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan axborot resursida Internet tarmogʻida joylashtirilgan boʻlsa, ommaviy axborot vositalariga taalluqli boʻlgan qonunchilik hujjatlari qoʻllanilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901302" id="-7901302">Sudlar ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda quyidagi holatlarni har tomonlama aniqlashi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901303" id="-7901303">raddiya berilishi daʼvo qilinayotgan maʼlumotning tarqatilgan-tarqatilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901304" id="-7901304">bu maʼlumotlar yuridik yoki jismoniy shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazgan-yetkazmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901305" id="-7901305">bu maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelish-kelmasligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901306" id="-7901306">21. Tushuntirilsinki, daʼvogar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talab bilan birga javobgarning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yetkazilgan moddiy zararni yoki maʼnaviy ziyonni qoplash haqida ham talab qoʻyilgan boʻlsa, sud bu talabni FKning <a href="/ru/acts/-180552#-196564">985 </a>va <a href="/ru/acts/-180552#-196921">1021-moddalariga</a> muvofiq hal etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901307" id="-7901307">Moddiy zararni qoplashga faqat tegishli huquq buzilganligi aniqlangan va ushbu harakat gʻayriqonuniy deb topilgan, daʼvogarga moddiy zarar yetkazilgan yoki u olishi mumkin boʻlgan foydani olmay qolganligi javobgarning harakatlari bilan yuzaga kelgan oqibatlar oʻrtasida sababiy bogʻliqligi isbotlangan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901308" id="-7901308">22. FK 1021-moddasining <a href="/ru/acts/-180552#-197106">ikkinchi qismiga</a> binoan agar zarar qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, qoplanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901310" id="-7901310">Sud maʼnaviy zararning miqdorini belgilashda FKning <a href="/ru/acts/-180552#-197152">1022-moddasi</a> talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-sonli <a href="/ru/acts/-1449509">qarori </a>tushuntirishlaridan kelib chiqqan holda, fuqaroning shaʼni, qadr-qimmatini kamsitgan, obroʻsizlantirgan materialning mazmuni va mohiyati, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositasi yoki muayyan shaxsning ayb darajasi, auditoriyaning oz-koʻpligi, daʼvogarning jamiyatda tutgan oʻrni, erkin fikr bildirish muvozanatining buzilganligi va boshqa eʼtiborga molik holatlarni hisobga olishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901311" id="-7901311">Bunda, moddiy zarar va maʼnaviy ziyon uchun tovon summasi daʼvogar koʻrsatgan boshqa shaxslar foydasiga emas, balki bevosita daʼvogar foydasiga undirilishi lozimligini inobatga olish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901312" id="-7901312">23. FKning <a href="/ru/acts/-111189#-153757">163-moddasiga</a> asosan shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish haqidagi talablarga daʼvo muddati tatbiq qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901313" id="-7901313">24. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) ikkinchi boʻlimining <a href="/ru/acts/-3517337#-3522067">2-kichik boʻlimi</a> hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 26-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-3523891#-3527666">11-bandiga </a>muvofiq daʼvo tartibida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901314" id="-7901314">Shu bilan birga, axborotni tarqatgan shaxsni aniqlashni imkoni boʻlmasa (anonim xatlar shaklida tarqatilganda, Internet tarmogʻida yoki boshqa axborot-kommunikatsiya tizimlarida joylashtirilganda, agar tarqatish manbasini aniqlash imkonsiz boʻlsa, shuningdek, axborot tarqatuvchi shaxs vafot etgan hollarda) huquqi buzilgan shaxsning tarqatilgan axborot haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar ekanligi faktini aniqlash haqidagi arizasiga asosan alohida ish yuritish tartibida (FPKning 27-28-boblari) ham koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901315" id="-7901315">25. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan quyidagilar murojaat qilish huquqiga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901316" id="-7901316">shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa nomoddiy neʼmatlari buzilgan shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901317" id="-7901317">voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901318" id="-7901318">vafot etgan shaxsning shaʼni, ismi, tasviriga boʻlgan huquqini, shuningdek, boshqa nomoddiy boyliklarini himoya qilish haqidagi ishlar boʻyicha uning merosxoʻrlari (FK 1113-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kirmasligi bois, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni undirish haqidagi daʼvo talablar bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901319" id="-7901319">prokuror;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901320" id="-7901320">davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning manfaatida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901321" id="-7901321">26. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha tegishli axborotni tarqatish usulidan qatʼi nazar (jumladan, bosma nashrlar, radio, televideniye, veb-saytlar, veb-sayt sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi profillar, messenjerlar va boshqa axborot-kommunikatsiya vositalari) badnom qiluvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning mualliflari, shuningdek, ularni tarqatgan shaxslar javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901322" id="-7901322">Agar OAVda maʼlumotlar tarqatilgan yoki aniq muallifi koʻrsatilmagan tahririy yoxud anonim material eʼlon qilingan taqdirda, ommaviy axborot vositasi tahririyati (egasi) ham tegishli javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901323" id="-7901323">Badnom qiluvchi maʼlumotlar veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, bloglar yoki boshqa internet-resurslar orqali tarqatilgan va muayyan muallifi koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu muallif, muallifi koʻrsatilmagan yoki axborot resurs, sahifa yoki kanal nomidan joylashtirilgan boʻlsa, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-83472#-5353520">12<sup>1</sup>-moddasiga</a> muvofiq eʼlon qilinayotgan axborotning toʻgʻriligini tekshirish, uning ishonchliligini taʼminlash va notoʻgʻri materiallarni darhol olib tashlash majburiyati yuklangan tegishli axborot resursi egasi yoki boshqaruvchisi (shu jumladan, bloger) tegishli javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901324" id="-7901324">Agar maʼlumotlar xodim tomonidan tashkilot nomidan xizmat vazifalarini bajarish yoki kasbiy faoliyat bilan bogʻliq holda tarqatilgan boʻlsa, FKning <a href="/ru/acts/-180552#-196591">989-moddasiga</a> muvofiq, ushbu xodim qaysi yuridik shaxsning manfaatlarini koʻzlab harakat qilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs tegishli javobgar deb topiladi, bu holda xodim mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida yoki sud qarori bilan sherik javobgar sifatida ishda ishtirok etishga jalb etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901325" id="-7901325">Daʼvogar maʼlumotlarni birgalikda tarqatgan bir nechta shaxslarning biriga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishga haqli boʻlib, bunday hollarda sud boshqa shaxslarni ishda sherik javobgar sifatida ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901326" id="-7901326">27. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisida daʼvo ariza topshirilganda, FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-3522142">189-moddasida</a> koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, arizada:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901329" id="-7901329">daʼvogarning fikricha buzilgan aniq shaxsiy nomulkiy huquq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901330" id="-7901330">himoyalanadigan sohaga aralashuvga olib kelgan javobgarning harakatlari (yoki harakatsizligi) nimadan iboratligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901331" id="-7901331">nizolashilayotgan maʼlumotlar mazmuni, ularning ifodalanish shakli (matn, tasvir, audio- yoki videoyozuv va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901332" id="-7901332">nizoli axborotni tarqatish usuli, kanali va muhiti, jumladan aniq internet-resurslar, bosma nashrlar, efir uzatishlari va boshqa vositalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901333" id="-7901333">huquq buzilishining yuzaga kelgan oqibatlari (maʼnaviy azob-uqubatlar, obroʻ-eʼtiborning yoʻqolishi, shaxsiy yoki oilaviy hayotga aralashuv, boshqa salbiy taʼsirlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901334" id="-7901334">maʼlumotlarni rad etish, oʻchirish yoki bloklash, keyinchalik tarqatishni taqiqlash, moddiy zarar va maʼnaviy ziyonni qoplash va boshqa himoya choralarini oʻz ichiga olgan talablar koʻrsatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901335" id="-7901335">28. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha isbotlash predmeti va dalillar tarkibini aniqlashda, FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-3519259">72-moddasiga</a> muvofiq har bir taraf oʻz talablari yoki eʼtirozlarini asoslash uchun tayanayotgan holatlarni isbotlashi shartligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901336" id="-7901336">Shu bilan birgalikda, tarqatilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlash majburiyati FKning <a href="/ru/acts/-111189#-152916">100-moddasiga </a>koʻra javobgar zimmasiga yuklatilganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901337" id="-7901337">29. FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-3519250">71-moddasiga</a> muvofiq, mazkur toifadagi ishlar boʻyicha taraflarning vajlarini asoslayotgan har qanday faktik maʼlumotlar dalil hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901338" id="-7901338">Bunday ishlarda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901339" id="-7901339">- video va audioyozuvlar, shu jumladan elektron shakldagi fayllar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901340" id="-7901340">- Internet tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa platformalardagi nashrlar mazmunini aks ettiruvchi skrinshot va boshqa raqamli tasvirlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901341" id="-7901341">- veb-saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoq sahifalari, forumlar va boshqa raqamli axborot manbalaridan olingan kontentlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901342" id="-7901342">- maʼlumotlar tarqatilganligi, ularning mazmuni va uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilinganligini tasdiqlovchi guvohlar koʻrsatmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901343" id="-7901343">- maxsus bilim talab etuvchi holatlarda tilshunoslik, axborot texnologiyalari, raqamli izlarni aniqlash, biometriya va boshqa sohalardagi mutaxassis tushuntirishlari yoki ekspertiza xulosalari maqbul dalillar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901344" id="-7901344">“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-54458#-4709008">70<sup>2</sup>-moddasiga</a> koʻra, notarius guvohlarning koʻrsatmalarini yozib olish, yozma, ashyoviy va raqamli dalillarni koʻzdan kechirish va tasdiqlash, ekspertiza tayinlash, shuningdek, Internet jahon axborot tarmogʻidagi faktlarni tasdiqlash huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib, sudlar FPK 75-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3519296">beshinchi qismiga</a> muvofiq, notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial harakat belgilangan tartibda amalga oshirilgan va uning haqiqiyligi FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-3523172">235 </a>va <a href="/ru/acts/-3517337#-3523184">236-moddalarida</a> nazarda tutilgan tartibda rad etilmagan boʻlsa, isbotlashni talab etmasligiga eʼtibor qaratishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901346" id="-7901346">30. Ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan baholovchi fikr yoki mulohaza oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga taʼsir qiladi deb hisoblagan shaxs FK 100-moddasining <a href="/ru/acts/-111189#-152935">oltinchi qismi </a>va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-1106870#-1107854">34-moddasiga</a> koʻra, oʻziga berilgan javob, sharh, luqma huquqidan foydalanib, oʻsha ommaviy axborot vositasida tarqatilgan fikrlarning asossizligini isbotlash uchun ularni boshqacha baholashni talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901348" id="-7901348">Agar subyektiv fikr daʼvogarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsini kamsituvchi shaklda ifodalangan boʻlsa, u shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarini himoya qilishga hamda haqorat qilish natijasida yetkazilgan maʼnaviy zararni qoplashni talab qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901349" id="-7901349">31. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarning buzilishi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda, agar huquq buzilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sodir etilgan boʻlsa, raqamli muhitning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901352" id="-7901352">Xususan, quyidagi holatlar eʼtiborga olinishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901353" id="-7901353">internetda axborot tarqatish anonim tarzda yoki tarqatuvchining shaxsini yashirish uchun texnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkinligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901354" id="-7901354">baʼzi hollarda tarqatish manbai raqamli izlar, jumladan IP-manzil, domen nomi, vaqt belgilari, internet-provayderlar, xosting-kompaniyalar, domen nomlari maʼmurlari va boshqa texnik vositachilarda saqlanadigan maʼlumotlar orqali aniqlanishi mumkinligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901355" id="-7901355">raqamli muhitda maʼlumotlarni keng auditoriyaga yetib borishi, kesh va qidiruv tizimlarida saqlanishi va koʻpaytirilishi oqibatida yetkazilgan zararning darajasi yuqori ekanligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901356" id="-7901356">32. Sudlar shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha taraflar FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-4267203">166-moddasi</a> tartibida kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzishlari mumkinligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901357" id="-7901357">Sud kelishuv bitimini tasdiqlashda uning shartlari uchinchi shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlari, jamoat manfaatlariga zarar yetkazmasligini aniqlashi, kelishuv shartlarini xolisona baholashi, uning qonuniylik talablariga muvofiqligini tekshirishi shart (FPKning 169-moddasi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901358" id="-7901358">33. Daʼvogarning nizoli axborotni tarqatgan shaxs haqidagi yoki uni joylashtirish holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan dalillarni mustaqil ravishda olish imkoni boʻlmasa, sud FPK 72-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3519264">uchinchi qismiga</a> asosan bunday dalillarni toʻplashda koʻmaklashishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901359" id="-7901359">Bu maqsadda internet xizmatlari provayderlari, domen nomlari roʻyxatga oluvchilari, sayt maʼmurlari va texnik maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa subyektlarga soʻrovnoma yoki sud topshirigʻi yuborilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901360" id="-7901360">34. FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-3520519">105</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-3520529">106-moddalariga</a> koʻra, agar daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, sud tarafning iltimosnomasi yoki oʻz tashabbusiga binoan ish mazmunan hal etilgunga qadar daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901361" id="-7901361">Shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish haqidagi ishlarda, FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-3520529">106-moddasida</a> koʻrsatilgan daʼvoni taʼminlash choralaridan tashqari, raqamli muhit sharoitida bunday choralarga quyidagilar kirishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901362" id="-7901362">nizoli maʼlumotlarni har qanday shaklda (shu jumladan Internet tarmogʻi va boshqa axborot kanallari orqali) tarqatishni vaqtincha taqiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901363" id="-7901363">daʼvogarning huquqlarini buzuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan veb-sahifa, akkaunt yoki boshqa raqamli resursga kirishni toʻsib qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901364" id="-7901364">shaxsga doir maʼlumotlarni qayta ishlash, saqlash yoki tarqatishni toʻxtatib turish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901365" id="-7901365">daʼvo qilinayotgan tasvir, audio, videoyozuv, matn yoki boshqa obyektni oʻz ichiga olgan moddiy tashuvchilarni muhrlash, olib qoʻyish yoki ularga kirishni boshqacha tarzda cheklash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901366" id="-7901366">35. Sudlar shaxsiy hayot, shaxsga oid maʼlumotlar, oilaviy, tibbiy yoki qonun bilan himoyalanadigan boshqa sirlarga taalluqli ishlarni koʻrib chiqishda, FPKning <a href="/ru/acts/-3517337#-3517985">12-moddasiga</a> asoslanib, sud majlisini yopiq tarzda oʻtkazish masalasini muhokama qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901428" id="-7901428">36. Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan deb topilgan maʼlumotlarga raddiya berish usulini koʻrsatishi shart. Raddiya aynan shu notoʻgʻri maʼlumotni eʼlon qilgan ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinishi lozim. Sud hal qiluv qarorida beriladigan raddiya matnini bayon qiladi va u eʼlon qilinadigan muddatni koʻrsatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901429" id="-7901429">Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tashkilot tomonidan berilgan hujjatda ifodalangan boʻlsa, sud hal qiluv qarorida bunday hujjatni almashtirish majburiyatini oʻsha tashkilotga yuklashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901430" id="-7901430">Sud har bir ishning aniq holatlaridan kelib chiqib, javobgarga koʻpchilik oldida kechirim soʻrash, tarqatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligini yigʻilishda eʼlon qilish, daʼvogarni badnom qiluvchi maʼlumot xabar qilingan tashkilotga raddiya berish majburiyatini yuklatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901431" id="-7901431">37. FKning <a href="/ru/acts/-111189#-152927">100-moddasi</a> tartibidagi nizo koʻrib chiqilayotgan vaqtda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, shaxsni obroʻsizlantiruvchi maʼlumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositasining faoliyati toʻxtatilgan yoxud tugatilgan boʻlsa, sud javobgar ommaviy axborot vositasi tahriri, taʼsischi yoki egasi hamda axborotning muallifiga oʻz hisobidan raddiya berish yoki daʼvogarning javobini boshqa ommaviy axborot vositasida eʼlon qilish majburiyatini yuklashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901432" id="-7901432">38. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudning hal qiluv qarori sud belgilagan muddatda bajarilmagan taqdirda, aybdor shaxs Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 198<sup>1</sup>-moddasining <a href="/ru/acts/-97664#-4661614">ikkinchi qismi</a> <a href="/ru/acts/-97664#-4661609"> </a>hamda Jinoyat kodeksining <a href="/ru/acts/-111453#-266974">232-moddasida</a> nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901434" id="-7901434">Shaxsga nisbatan qonunda belgilangan jazo choralarining qoʻllanilishi uni sudning hal qiluv qarorida koʻrsatilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901435" id="-7901435">39. Sudlarning eʼtibori ushbu nizolarni qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib hal qilish zarurligiga va ishlarni koʻrishda sansolarlikka yoʻl qoʻymaslikka qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901436" id="-7901436">Shu bilan birga, hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish raqamli muhitda undiruvchi uchun koʻp zarar keltirishi yoki uning ijro etilishi mumkin boʻlmay qolishini inobatga olib, sud tomonidan hal qiluv qarorining darhol ijroga qaratilishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin (FPK 267-moddasi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901437" id="-7901437">40. Sudlar qonun bilan man etilgan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilishining oldini olish maqsadida, badnom qiluvchi maʼlumotlar tarqatilganligi sabablarini sinchkovlik bilan aniqlashlari, bajarilishi ustidan tegishli nazorat oʻrnatgan holda xususiy ajrim chiqarishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901438" id="-7901438">41. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7901439" id="-7901439">42. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi 5-sonli <a href="/ru/acts/-1438529">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7902276" id="-7902276"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi                                                               </strong><strong>B. ISLAMOV</strong></div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7902277" id="-7902277"><strong>Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi                                                                                </strong><strong>U. XOLOV</strong></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7902290" id="-7902290">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7902291" id="-7902291">2025-yil 24-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-7902292" id="-7902292">21-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
