Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.03.2006

“TASDIQLANDI”

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

(1999-yil 25-dekabrdagi 22/16 sonli qaror)

“AVTOMATLAShTIRILGAN BANK TEXNOLOGIYASI TIZIMIDAGI AXBOROTNI MUHOFAZA QILISh VA UShBU QOIDALARNING BAJARILIShIDA TIJORAT BANKLARIDAGI MANSABDOR ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM”GA 1-SON QOʻShIMChA
1-son qoʻshimcha
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 27-yanvarda 515-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur 1-sonli qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari elektron tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat № 1552, 2006-yil 13-mart) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 25-iyulda tasdiqlangan 412-sonli “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida tijorat banklaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 2.13-bandining 1-qismi (xatboshisi) quyidagi tahrirda bayon etilsin va qoʻshimcha 3-qism bilan toʻldirilsin:
2.13. Tijorat banklarining asosiy X.25 yoki Frame Relay aloqa tarmoqlari buzilganda axborot uch usulda uzatilishi va qabul qilinishi mumkin:
1) Tijorat banklarining Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi bilan kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlash tartibi:
Kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlashga vaqtincha, asosiy X.25 yoki Frame Relay tarmoqlari orqali ishlash imkoniyati boʻlmagan holdagina ruxsat beriladi;
Tijorat banki Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga qoʻngʻiroq qilib, kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlashga ruxsat olishi, soʻngra kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali axborot almashinuvini amalga oshirishi kerak. Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi darhol Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga bu haqda xabar beradi;
Tijorat banki Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi bilan kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali axborot almashinishi toʻgʻrisida uch nusxada dalolatnoma tayyorlaydi. Tijorat banki dalolatnomaning bir nusxasini Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga, ikkinchisini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga yuboradi, uchinchi nusxani oʻzida saqlab qoladi;
Har kuni amaliyot kuni oxirida Axborotlashtirish Bosh markazi va Hududiy axborotlashtirish markazlari Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlagan tijorat banklari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlumot beradilar.
3) Tijorat banki X.25, Frame Relay va kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlash imkoniyati boʻlmagan holda ikkinchi tijorat banki aloqa tarmogʻidan foydalanib ishlash tartibi:
Tijorat banki oʻziga yaqin boʻlgan tijorat banklarining biriga yozma ravishda murojaat qilishi va shu bank rahbarining roziligi bilan mazkur usulda axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Aloqa tizimi nosoz boʻlgan tijorat bankining oʻziga yaqin boʻlgan tijorat banklari aloqa tizimidan foydalanib turish toʻgʻrisidagi iltimosi rad etilgan taqdirda, u mazkur Nizomning 2.13-bandining 2-chi “Disketalar yordamida elektron axborotlarni uzatish” bandiga asosan ishlashi kerak;
Oʻz aloqa tarmogʻini foydalanish uchun beruvchi tijorat banki Axborotlashtirish bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi direktori nomiga quyidagi mazmundagi DOS formatidagi modem xatini SkkkkkDD.TXT (bu erda S-boʻlishi shart boʻlgan harf, kkkkk-MFO kodi, DD-xat yuborilayotgan sana) koʻrinishida nomlangan faylda yuboradi, shu sanada joʻnatiladigan keyingi modem xati fayllarining kengaytirilgan nomi TX1, TX2.... kabi nomlanadi.

‎‎chiqish №
‎sana ‎

‎‎Axborotlashtirish bosh markazi direktoriga (hududiy axborotlashtirish markazi direktoriga ‎

XXXXX (MFO kodi va bank nomi) tijorat bankining 19__ yil “__” ______ dagi № ___ sonli xatiga asosan, (xatda koʻrsatilgan qisqacha sabab) tufayli, mazkur bank bizning kkkkk (MFO kodi va bank nomi) bank aloqa tarmogʻi orqali ishlashiga imkoniyat yaratib berishingizni soʻraymiz.
kkkkk Bank boshqaruvchisi Ismi, sharifi
Bu erda: XXXXX — aloqa tarmogʻi nosoz tijorat banki kodi.
kkkkk — aloqa tarmogʻi soz boʻlgan tijorat banki kodi.
Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi mazkur modem xati nusxasini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga beradi. Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markazi qabul qilingan modem xatiga asosan javob yuboradi. Javob №kkkkkDD.TXT (bu erda №-boʻlishi shart boʻlgan harf, kkkkk — MFO kodi, DD — xat yuborilgan sana) koʻrinishida nomlangan fayl boʻlib, shu sanada joʻnatiladigan keyingi javob fayllarining kengaytirilgan nomi TX1, TX2.... kabi nomlanadi. Ushbu javob faylida soʻralgan ishlash imkoniyatlari yaratib berilganligi, muddati yoki boshqa tegishli axborotlar boʻlishi kerak.
Tijorat banki javob faylini olmagan taqdirda Axborotlashtirish bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga telefon qilishi kerak.
Tijorat banki ushbu usulda ishlashga majbur boʻlish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, amalga oshirilgan axborot almashinuvi toʻgʻrisida toʻrt nusxada dalolatnoma tayyorlaydi, bir nusxasi Axborotlashtirish Bosh markazi yoki Hududiy axborotlashtirish markaziga, ikkinchisini Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga, uchinchisini aloqa tarmogʻidan foydalanilgan tijorat bankiga yuboradi, toʻrtinchisini oʻzida saqlab qoladi;
Har kuni amaliyot kuni oxirida Axborotlashtirish Bosh markazi va Hududiy axborotlashtirish markazlari Markaziy bankning Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentiga kommutatsiyali telefon tarmogʻi orqali ishlagan tijorat banklari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlumot beradilar.
Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.V. AKMOLOV
Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti direktori B.J. JUMAYEV
Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori X. NURMURODOV
Yuridik boshqarma boshligʻi Sh.X. HAYDAROV
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son)