|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.04.1999
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARDAN ROʻYXATGA OLGANLIK UChUN UNDIRILADIGAN YIGʻIM VA BUNDAY ShAXSLARNI ROʻYXATGA OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 14-apreldagi 755-I-son “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xaqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan roʻyxatga olganlik uchun undiriladigan yigʻim va bunday shaxslarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-yanvardan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Qonun bilan muvofiq holga keltirsin;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa idoralar “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan roʻyxatga olganlik uchun undiriladigan yigʻim va bunday shaxslarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
997-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 13-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 107-modda)