|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.06.2026
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT-AKSIONERLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi:
yuklarni hamda yoʻlovchilarni tashish hajmlarini xalq xoʻjaligi va respublika aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat buyurtmalari shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar va kontraktlar asosida mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi;
toʻla tijorat hisob-kitobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash sharoitlarida ishlaydi, ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi sugʻurta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl boʻlimlari, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga oid ilgari tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha Oʻrta Osiyo temir yoʻlining huquqiy vorisi hisoblanadi;
xalqaro temir yoʻllarda va aralash temir yoʻl aloqalarida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashishni tashkil etishda xorijiy temir yoʻllar oldida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” deb nomlangan yuridik shaxs sifatida ish yuritadi;
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasida temir yoʻllarni rivojlantirish va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
temir yoʻllardan texnik foydalanish va yuk hamda yoʻlovchilar tashish shartlari boʻyicha normativ hujjatlarning bajarilishini taʼminlash;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 80-modda)
xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti manfaatlarini ifodalash, xorijiy temir yoʻllar (idoralar), tashkilotlar va firmalar bilan yuk va yoʻlovchilar tashish, xalqaro transport aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bitimlar yoki shartnomalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq temir yoʻllar atrofida ajratilgan yerlar doirasidagi joylardan foydalanish, ularda imoratlar va inshootlar qurish tartibini belgilash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi va uning oʻrinbosarlariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari va vazirlarning oʻrinbosarlariga belgilangan moddiy-maishiy taʼminot, tibbiy transport xizmati koʻrsatish sharoitlari joriy qilinsin.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kompaniya Ustavini tasdiqlash uchun kiritsin.
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya dasturida yangi temir yoʻllar qurish va kompaniya tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar boʻyicha tashish vositalari sotib olishga mablagʻlar manbalarini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga kompaniyaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasi ayrim obyektlarini aksiyalashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 26-modda)
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi xodimlarida sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻli tizimida belgilangan imtiyozlar saqlab qolinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasida aloqaning barcha turlarini saqlab qolsin.
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi Toshkent shahar, T. Shevchenko koʻchasi, 7-uyda joylashgan.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 14-noyabr,
551-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 23-modda)