Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 58-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2240-8]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 4-sentabrdagi 502-sonli “Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3969, 05.11.2026-y.) asosan 2027-yil 7-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-884-son “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 58-bandi ikkinchi xatboshisidan “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellyatsiya instansiyasi sudiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-iyun,
186-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 10/24/2240-8/0503-son)