Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
Qarori
“AUDITORLIK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1992-yil 30-dekabrdagi 253(504)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oylik muddat ichida:
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun ijrosini taʼminlovchi zarur meʼyoriy hujjatlar tayyorlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari oʻzlari chiqargan, ushbu Qonunga zid keluvchi meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
bir oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlar palatasi toʻgʻrisida muvaqqat nizomni tayyorlasin va uni tasdiqlasin;
yillik hisobotlar bilan bir vaqtda ana shu hisobotlarning mukammalligiga doir auditorlik xulosalari taqdim etishi shart boʻlgan korxonalar va tashkilotlar doirasini belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
735-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda)