|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.2021
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
Qarori
YaNGI TAHRIRDAGI “AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2000-yilning 1-sentabridan amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
79-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 150-modda)