

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-6685647">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-6685649">Qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-6685653">Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6685654"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685659">Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/ru/acts/-6445145#-6446205">152-moddasiga </a>koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685661">Qurolli Kuchlar va boshqa harbiy tuzilmalar faoliyatining asosi hamda ularning oʻz vazifalarini bajarishining kafolati harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qatʼiy va soʻzsiz rioya qilishni taqozo etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685663">Harbiy sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, harbiy jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi ularning qoʻshinlar harbiy intizomi va jangovar tayyorgarligini susaytirib, mamlakatning mudofaa layoqatiga putur yetkazishdir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685667">Harbiy xizmatchilar orasida oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki uning doirasidan chetga chiqish va boshqa harbiy jinoyatlar sodir etilmoqda. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar tomonidan Jinoyat kodeksining (bundan keyin matnda JK deb yuritiladi) maxsus qismida nazarda tutilgan boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilish hollari uchramoqda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685668">Sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda, harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar toʻgʻrisidagi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/ru/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga </a>muvofiq, Oliy sudning Plenumi qaror qiladi:</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-6685670">I bob. Umumiy masalalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685671">1. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar deganda, harbiy xizmatchilar tomonidan, shuningdek, harbiy yigʻinlar vaqtida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685672">Harbiy xizmatni oʻtash tartibi qonunlar va harbiy nizomlarda belgilab quyilgan qoʻshinlar hayoti va jangovar faoliyati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon boʻladi. Mazkur hujjatlarda harbiy xizmat fuqaroning konstitutsiyaviy burchi ekanligi, yakkaboshchilik va undan kelib chiqadigan tobe shaxsning boshliqqa soʻzsiz itoat qilishi, ushbu munosabatlar subyektlari huquq va erkinliklarining aniq belgilab qoʻyilishi kabi harbiy tashkilot tamoyillari mustahkamlab qoʻyilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685674">2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek, oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majbur shaxslar harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarning subyekti boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685675">3. Jinoyat ishlarining harbiy sudlar sudloviga tegishliligi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/ru/acts/-5534923#-5537756">45-moddasi </a>va ushbu qonun bilan tasdiqlangan “Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomning <a href="/ru/acts/-5534923#-5539084">4-moddasida </a>belgilangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685676">Nizomga muvofiq, harbiy sudlar sudloviga favqulodda holatlarga koʻra, umumiy sudlar faoliyat koʻrsatmayotgan joylardagi barcha jinoyat ishlari, shuningdek, harbiy xizmat davrida sodir etilgan, biroq ishni sudda koʻrish paytiga kelib harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlar ham taalluqlidir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685677">Shuningdek, harbiy sudlar Qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham koʻrishi mumkin (masalan, Qurolli Kuchlar va boshqa harbiy tuzilmalarning xizmatchilari hamda xodimlari tomonidan xizmat faoliyati bilan bogʻliq holda sodir etilgan jinoyatlar va h.k.).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685678">Bundan tashqari, davlat (davlat, harbiy va xizmat) sirlariga daxldor boʻlgan barcha maxfiylik darajasi (grif)ga ega boʻlgan ishlar (JKning <a href="/ru/acts/-111453#-262669">162</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-262676">163</a> va h.k.) harbiy sudlar sudloviga tegishli.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685681">Shuning uchun ham barcha sudlar sudlovga taalluqlilik haqidagi qonun talablariga qatʼiy rioya etishlari lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685682">4. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar bir necha asosiy tushunchalarga eʼtibor qaratishlari lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685686">Yakkaboshchilik — “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomi”ning 30-bandiga muvofiq Qurolli Kuchlar qurilishining, unga rahbarlik qilishning va harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning prinsiplaridan biri sanaladi. U komandirga (boshliqqa) boʻysunuvchilarga nisbatan idora qilish hokimiyatining butun toʻlaligicha berilishida va harbiy qism, boʻlinma va har bir harbiy xizmatchining hayoti va faoliyatining hamma jihatlari uchun davlat oldida shaxsiy javobgarlik uning zimmasiga yuklanishida ifodasini topadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685689">Yakkaboshchilik komandirning (boshliqning) vaziyatni har tomonlama baholashdan kelib chiqqan holda yolgʻiz oʻzi qaror qabul qilish, qonun va harbiy nizomlarning talablariga qatʼiy muvofiq ravishda buyruqlar berish va ularning bajarilishini talab qilish huquqida mujassamlashgandir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685693">Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomining 31-32-bandlariga muvofiq, oʻz xizmat maqomi va harbiy unvoniga koʻra, ayrim harbiy xizmatchilar boshqalarga nisbatan boshliq yoxud boʻysunuvchi boʻlishi mumkin. Boshliq boʻysunuvchi uchun xushmuomala va bosiqlik namunasi boʻlishi va takallufsizlikka ham, noxolislikka ham yoʻl qoʻymasligi lozim. Boʻysunuvchining insoniy qadr-qimmatini poymol etuvchi harakatlari uchun boshliq javobgar boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685704">5. Oʻz xizmat maqomi va harbiy unvoniga koʻra, boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan ularning boshligʻi yoxud boʻysunuvchisi sanalmagan harbiy xizmatchilar katta yoxud kichik boʻlishlari mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685707">Kattalik harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga qarab belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685711">Harbiy unvoni boʻyicha kattalar, kichik harbiy unvondagi harbiy xizmatchilarning harbiy intizomini, jamoat tartibini, axloq, harbiy kiyim-kechakni kiyish va askarcha salomlashishni bajarish qoidalarini buzgan hollarda, ulardan bu buzishlarni bartaraf etishlarini talab qilishlari lozim. Unvon boʻyicha kichiklar kattalarning bunday talablarini soʻzsiz bajarishga majburdirlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685715">6. Bir-birining boʻysunuvida boʻlmagan harbiy xizmatchilar majburiyatlarni birgalikda bajaradigan hollarda, ularning oʻzaro xizmat munosabatlari komandir (boshliq) tomonidan belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, ulardan lavozimiga koʻra, kattasi, teng mansablarda esa harbiy unvoni boʻyicha kattasi boshliq sanaladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685717">7. Buyruq — komandirning (boshliqning) boʻysunuvchilarga qaratilgan va maʼlum amallarning majburan bajarilishini, u yoki bu qoidalarga rioya qilinishini talab etadigan yoxud u yoki bu tartib, qoidalarni belgilaydigan koʻrsatmasidir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685721">Buyruq bir yoxud guruh harbiy xizmatchilariga yozma, ogʻzaki yoxud aloqaning texnik vositalari orqali berilishi mumkin. Yozma buyruq harbiy qismlarning komandirlari (muassasalarning boshliqlari) yakkaboshchilik asosida chiqaruvchi harbiy boshqaruvning asosiy idora xizmat hujjati (huquqiy hujjati) sanaladi. Ogʻzaki buyruqlar barcha komandirlar (boshliqlar) tomonidan beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685724">Buyruq (buyurish) qonunlar va harbiy nizomlarning talablariga muvofiq kelishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685726">8. Jangovar vaziyat — harbiy qism yoki boʻlinmaning dushman bilan bevosita yuzma-yuz toʻqnashishi yoki toʻqnashish xavfi bilan tavsiflanuvchi operativ holat.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685727">Bunday toʻqnashish urush sharoitida ham, tinchlik sharoitda ham vujudga kelishi mumkin. Tinchlik sharoitdagi jangovar vaziyat Oʻzbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va daxlsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy tuzilmalarning qurollangan harakatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685728">9. Qurol — tuzilishiga koʻra, jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun moʻljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek, tuzilishi jihatidan qurolga oʻxshash boʻlgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi. (“Qurol toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-4445288#-4451905">3-moddasi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685729">10. Portlovchi moddalar tashqi taʼsir (urish, yoqish, zarba, oʻz-oʻzidan yonish) oqibatida tez ximik oʻzgarishlarga kiruvchi modda va buyumlar boʻlib, bu ximik oʻzgarishlar natijasida uloqtirish yoki vayron qilish kuchiga ega boʻlgan koʻp miqdorda issiqlik va qizigan gaz paydo boʻladi va ajralib chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685732">11. Radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar boʻlgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli boʻlmagan moddalardir (Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, <a href="/ru/acts/-1506108#-1506273">3-band</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685733">12. Jangovar mashinalarga — tanklar, bronetransportyorlar, oʻziyurar artilleriya va raketa qurilmalari, artilleriya tizimlarini tortishga moʻljallangan mashinalar va oʻt ochishni boshqaradigan apparatlar oʻrnatilgan tirkamalar, boshqa oʻziyurar texnika vositalari kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685734">13. Maxsus mashinalar — vazifasiga koʻra yoki ustida oʻrnatilgan uskunalarga muvofiq, alohida, maxsus ishlarda foydalaniladigan oʻziyurar texnika vositalaridir. Har xil muhandislik mashinalari, sanitariya transportlari, koʻchma taʼmirlash ustaxonalari, laboratoriyalar va hokazolar maxsus mashinalar tarkibiga kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685737">14. Transport mashinalariga — shaxsiy tarkibni, qurol-yarogʻni, oʻq-dorilarni, harbiy-texnika buyumlarini hamda harbiy qismning kundalik xoʻjalik, madaniy-maishiy, tibbiy va boshqa xizmatlarini bajarishga moʻljallangan mashinalar taalluqlidir.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-6685739">II bob. Boʻysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish bilan bogʻliq masalalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685742">15. Boʻysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlarning obyekti Qurolli Kuchlarda oʻrnatilgan harbiy xizmatni oʻtash tartibining qismi boʻlgan xizmat majburiyatni bajarish jarayonida komandirlar (boshliqlar) va boʻysunuvchilarning oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan boʻysunishning oʻrnatilgan tartibi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685743">16. Haqiqiy harbiy xizmatda boʻlgan harbiy xizmatchilar boʻysunish va harbiy shaʼnga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar subyekti hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685745">17. Buyruqni ochiqdan-ochiq va namoyishkorona bajarishdan bosh tortish boʻysunmaslikdir. Boʻysunmaslikda boʻysunuvchi boshliqdan buyruq qabul qilib, ushbu buyruqni bajarmasligini ochiq ifoda qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685746">18. Sudlar boʻysunmaslik bilan gap talashishni farqlashi lozim, yaʼni boʻysunuvchi unga berilgan buyruq masalasida oʻzining noroziligini bildirib, uni muhokama qilsa-da, buyruqni bajarsa, bunday harakatlar boʻysunmaslik jinoyati sifatida baholanmasligi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685747">Buyruqni boshqacha tarzda qasddan bajarmaslik — sirtdan boʻysunuvchi buyruqni ijro uchun qabul qiladi, biroq keyinchalik ongli ravishda bajarmaydi. Bunda buyruqni bajarmaslik qasdi buyruqni qabul qilgan zahoti yoki muayyan vaqt oʻtgandan soʻng ham paydo boʻlishi mumkin. Buyruqni bajarmaslik deganda, buyruqda belgilangan koʻrsatmalarni bajarmaslik, buyruq bilan taqiqlangan harakatlarni bajarish yoki buyruqni talab darajasida (kechiktirib, toʻliqsiz, noaniq) bajarmaslik tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685748">Agar kelib chiqqan oqibatlarga nisbatan subyektning aybi ehtiyotsizlik shaklida namoyon boʻlsa, qilmish JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271282">280-moddasi </a>bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685750">Boʻysunmaslikning motivi va maqsadlari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685753">19. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271282">280-moddasida </a>nazarda tutilgan qilmishni kvalifikatsiya qilishda subyektiv tomondan buyruqni ehtiyotsizlik oqibatida bajarmaslik kabi harakatlar, yaʼni buyruqda belgilangan koʻrsatmalarni bajarmaslik, buyruq bilan taqiqlangan harakatlarni bajarish yoki buyruqni talab darajasida (kechiktirib, toʻliqsiz, noaniq) bajarmaslik hisoblanadi. Shu bilan birga boʻysunmaslik jinoyatidan (JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271262">279-moddasi</a>) faqat subyektiv tomonidan farq qiladi, yaʼni jinoyat oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik tarzidagi ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685755">Sudlar shunga eʼtibor berishlari kerakki, JKning <a href="/ru/acts/-111453#-184311">40-moddasi </a>hamda Ichki xizmat nizomining 38-bandi talabidan kelib chiqqan holda, boʻysunuvchining noqonuniyligi oldindan ayon boʻlgan buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortishi, boshqacha tarzda qasddan bajarmasligi yoxud ehtiyotsizlik orqasida bajarmasligi JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271262">279</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-271282">280-moddalarida</a> nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685757">20. Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sudlar JKning 281-moddasi <a href="/ru/acts/-111453#-271307">dispozitsiyasi </a>ikki mustaqil jinoyat: boshliqqa qarshilik koʻrsatish va boshliqni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilishni oʻz ichiga olishini eʼtiborga olishlari lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685759">21. Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish deganda, harbiy xizmatchilarning faoliyatiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqish yoki harbiy xizmat manfaatlariga zid ravishda ushbu faoliyat mazmunini oʻzgartirishga harakat qilish tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685761">Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik koʻrsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish jinoyatini kvalifikatsiya qilishda nafaqat boshliqlar, kattalarga nisbatan boʻlgan jinoiy qilmishlarni, balki harbiy majburiyatni bajarayotgan lavozim yoki harbiy unvon boʻyicha boshliqlar, boʻysunuvchi va kichiklarni ham oʻz ichiga qamrab oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685764">22. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271333">282-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyat tarkibini berish uchun oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish bevosita boshliqqa nisbatan jangovar holatda sodir etilishi talab etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685767">Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish deganda, haqiqatda (ogʻzaki, yozma, qurolni namoyish qilish va h.k.) shaxsan boshliqqa yoki oʻzga shaxslar orqali uni oʻldirish yoki sogʻligʻiga shikast yetkazish yoʻli bilan tushunilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685769">23. JKning <a href="/ru/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-271352">283-moddasida </a>nazarda tutilgan badanga shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlik agar boshliqqa nisbatan zoʻravonlik uning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgandagina hosil boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685788">Harbiy xizmat munosabatlari bilan qamrab olinmagan yoki xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holatlarda boshliqqa nisbatan qilingan bunday harakatlar shaxsga qarshi jinoyat sifatida tavsiflanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685789">24. Boʻysunuvchining oʻz boshligʻini yoki boshliqning boʻysunuvchini haqorat qilishi jinoyati uchun javobgarlik kelib chiqishi uchun faqat u avval intizomiy javobgarlikka tortilgan va yechilmagan boʻlishi lozimligi talab etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685790">Harbiy xizmatchilar oʻrtasida boʻysunish munosabatlari tartibi mavjud boʻlmasa, harbiy xizmatchi boshqa bir harbiy xizmatchini yoki fuqaroni haqorat qilsa, aybdorning harakatlariga MJtKning <a href="/ru/acts/-97664#-197869">16-moddasi </a>talabidan kelib chiqqan holda, JKning <a href="/ru/acts/-111453#-262273">140-moddasi </a>boʻyicha javobgarlikni vujudga keltiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685791">Haqorat qilish harbiy qism hududida va harbiy xizmat vaqtida ham, harbiy qism hududidan tashqarida, harbiy xizmatdan tashqari vaqtda ham sodir etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685792">25. Oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish deganda xizmatdoshlarini oʻziga boʻysundirishni taʼminlash, xizmatni oʻtash chogʻida oʻzi uchun imtiyozli sharoitlar yaratish maqsadida bir harbiy xizmatchining boshqasiga nisbatan turli xil zoʻrliklar ishlatishi, uning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishi tushunilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685793">Ushbu qoidalar xizmat mavqeyi va harbiy unvoni teng, shuningdek, katta va kichik, lekin tobelik munosabatlarida boʻlmagan shaxslar oʻrtasida buzilsa, JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddasi</a> boʻyicha jinoiy javobgarlik vujudga keladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685795">Bir-biriga tobelik munosabatlarida boʻlgan va boʻlmagan shaxslar tomonidan zoʻrlik harakatlari birgalikda sodir etilgan holatlarni tavsiflash birmuncha murakkabroq.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685796">Masalan, ham aybdorga va ham jabrlanuvchiga boshliq boʻlgan harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan ustavga zid harakatlarga qoʻshiladi yoki tobe shaxs oʻz boshligʻining zoʻravonlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday hollarda boshliqning oʻziga tobe shaxs tomonidan sodir etilgan ustavga zid zoʻravonlik harakatlarida ishtirok etishini harbiy mansabdorlik jinoyati sifatida JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271705">301-moddasi </a>bilan tavsiflash lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685797">Agar boshliq tomonidan xizmat mavqeyi oʻzi bilan teng shaxslarga nisbatan sodir etilgan ustavga zid harakatlarga, jabrlanuvchiga ham, aybdorga ham tobe shaxs kelib qoʻshilsa, boshliqning harakatlari JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddasi</a>, tobe shaxsning harakatlari esa, jinoyatga sherik sifatida JKning <a href="/ru/acts/-111453#-179941">28</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddalari </a>bilan tavsiflanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685798">26. JKning 285-moddasi <a href="/ru/acts/-111453#-271425">1-qismida </a>muntazam ravishda xoʻrlash, kamsitish, sogʻliqning yomonlashuviga sabab boʻlgan yengil yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish, noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish kabi oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Shu sababli aybdorning harakatlarini JKning shaxsga qarshi jinoyatlarga tegishli moddalari bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685799">27. JKning 285-moddasi 2-qismi “<a href="/ru/acts/-111453#-330163">a</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-330164">b” bandlarida </a>bir guruh shaxslar tomonidan yoki qurol ishlatish orqali sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685800">JKning 285-moddasi 2-qismi <a href="/ru/acts/-111453#-330163">“a” bandida</a> nazarda tutilgan “bir guruh shaxslar” tushunchasi JKning<a href="/ru/acts/-111453#-179947"> 29-moddasida </a>berilgan tushuncha bilan bir xil maʼnoni anglatadi. Guruh sifatidagi ustavga zid zoʻravonlik harakatlari qasd umumiyligi bilan birlashgan ikki yoki undan ortiq harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etiladi va ularning har biri JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddasida </a>koʻrsatilgan jinoyat subyekti boʻladi va jinoyatda sherik sifatida ishtirok etadi. Bir guruh shaxslarning ayrimlari harbiy xizmatchilar boʻlmagan hollarda, ularning harakatlari JKning <a href="/ru/acts/-111453#-179941">28-moddasi </a>orqali kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat oldindan oʻzaro til biriktirib yoki biriktirmasdan sodir etilishi mumkin. Soʻnggi holda harakatlarni JKning 285-moddasi 2-qismi <a href="/ru/acts/-111453#-330163">“a” bandi</a> bilan tavsiflashning zarur sharti — har bir aybdor ustavga zid harakatlarini guruh ichida birlashib sodir etayotganligini anglab yetganligidir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685801">Bir guruh va yakka tartibda sodir etilgan ustavga zid jinoiy harakatlar mustaqil huquqiy baholanishi va jinoyatlarning real majmui sifatida qaralishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685802">Qurol tan jarohatlari yetkazish maqsadida qoʻllanilishi, boshqa xil zoʻrlik paytida esa, masalan, aybdor qurol ishlatish tahdidi ostida jabrlanuvchini harbiy xizmat yuzasidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishga yoki voz kechishga, oʻzi uchun turli xizmatlar qilishga majburlash, shuningdek, inson shaʼnini kamsitadigan xatti-harakatlar qilish paytida, ruhiy taʼsir oʻtkazish uchun qoʻllanilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685804">Quroldan uning konstruksiyasi va mohiyatidan kelib chiqadigan yakson qiluvchi vosita sifatida emas, balki faqat kaltaklash predmeti sifatida foydalanish qurolni qoʻllash hisoblanmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685805">28. JKning 285-moddasi 4-qismi <a href="/ru/acts/-111453#-330171">“b” bandida </a>nazarda tutilgan “boshqa ogʻir oqibatlar” deganda, aybdorning ustavga zid harakatlari bilan sababiy bogʻlanishda boʻlgan, ogʻirligining xususiyatiga qarab sud tomonidan baholanishi lozim boʻlgan oqibatlar tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685806">Agar ustavga zid zoʻravonlik harakatlari jabrlanuvchini qasddan oʻldirish bilan yakunlansa, aybdorning harakatlari JKning 285-moddasi <a href="/ru/acts/-111453#-330160">3-qismi </a>hamda kodeksning shaxsga qarshi jinoyatlarni nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685808">Amaliyotda koʻpincha jabrlanuvchining oʻlimi yurakning reflektor toʻxtab qolishi yoki mexanik asfiksiya natijasida roʻy berish hollari uchrab, bu narsa jabrlanuvchining koʻkrak qafasi qismiga aybdor, odatda, qoʻli bilan bir zarba berishi oqibatida kelib chiqadi. Bunday harakatlar, agar aybdorda jabrlanuvchini hayotdan mahrum qilishga qaratilgan qasd boʻlganligini aniq isbotlovchi dalillar boʻlmasa, odam oʻlishiga sabab boʻlgan harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish sifatida tavsiflanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685809">Harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarining buzilishi, baʼzi paytlarda, nafaqat odamlar oʻlimiga, balki jangovar vazifaning bajarilmay qolishiga, harbiy texnikaning ishdan chiqishiga va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday oqibatlar sud tomonidan ogʻir deb topilgan taqdirda aybdorning harakatlarini JKning 285-moddasi<a href="/ru/acts/-111453#-330161"> 4-qismi </a>bilan tavsiflashga asos boʻla oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685810">Ustavga zid zoʻravonlik harakatlari oqibatida bir necha jabrlanuvchiga JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddasi </a>turli qismlarida nazarda tutilgan zarar yetkazilgan boʻlsa, bu harakatlar JKning <a href="/ru/acts/-111453#-179969">33-moddasi </a>qoidasiga koʻra, tavsiflanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685811">29. Harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish aybdorlar harbiy xizmatning maxsus turlari boʻyicha majburiyatlarni bajarayotgan paytda sodir etilishi mumkin (qorovullik, ichki xizmat, harbiy navbatchilik va hokazolar). Agar aybdor tomonidan ayni paytda maxsus xizmat qoidalari ham buzilsa, bu harakatlar JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddasi </a>va u yoki bu xizmat turini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar majmui bilan tavsiflanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685812">Maxsus xizmat turlarini oʻtash qoidalarini buzish, faqat oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish ayni paytda maxsus xizmat turlarini oʻtash qoidalarini ham buzilishiga olib kelsagina alohida huquqiy baholanishi mumkin (misol uchun, qism yoki boʻlinma ichki naryadiga kiruvchi shaxs tomonidan).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685814">30. Harbiy xizmatchilar tomonidan oʻzaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini, jumladan, muntazam xoʻrlash koʻrinishida buzish jabrlanuvchilarning oziq-ovqati, harbiy kiyim-kechak ashyolari va boshqa moddiy boyliklarini olib qoʻyish yoʻli bilan sodir etilishi mumkin. Agar bunda jabrlanuvchiga tegishli boʻlgan shaxsiy mulk ashyolari olib qoʻyilsa, aybdorning harakatlari JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddasidan </a>tashqari mulkka qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan qoʻshimcha tavsiflanishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685815">Zoʻrlik ishlatish yoki uni ishlatish tahdidi bilan harbiy xizmatchiga beriladigan oziq-ovqat payogi yoki harbiy kiyim-kechak ashyolarini olib qoʻyish JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271423">285-moddasi </a>dispozitsiyasi bilan toʻlaligicha qamrab olinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685817">31. Qoʻmondonlarga va oʻzga boshliqlarga zarur xizmat vakolatlarini, jumladan, tobe shaxslarga nisbatan buyruq, farmoyish berish va uning soʻzsiz bajarilishini — intizomni buzganlarga nisbatan majburlash choralarini qoʻllash orqali talab qilish huquqini bera turib, davlat ularning shaxsini va xizmat shaʼnini har qanday tajovuzdan himoya qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685819">Shu maqsadda, jinoyat qonunchiligida boshliqqa tan jarohatlari yetkazish, haqorat qilish, tahdid solish, shuningdek, unga qarshilik koʻrsatish yoki xizmat burchini buzishga majburlash uchun javobgarlik belgilangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685820">Ushbu jinoyatlarning oʻziga xosligi shundan iboratki, ular harbiy xizmat munosabatlari doirasida sodir etiladi. Agarda koʻrsatilgan jinoyatlar shaxsiy munosabatlar doirasida sodir etilsa, bunday harakatlar harbiy jinoyat deb tan olinmaydi va shaxsga qarshi jinoyat sifatida tavsiflanishi kerak.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-6685824">III bob. Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish bilan bogʻliq masalalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685826">32. Muayyan ishlarni koʻrish paytida shuni nazarda tutish kerakki, harbiy xizmatdan boʻyin tovlash qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, dezertirlik, biror-bir aʼzosini mayib qilish, shuningdek, boshqa usullar bilan sodir etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685829">33. Muddatli harbiy xizmatchining bir kecha-kunduz (sutka)dan ortiq vaqt davomida xizmat joyida uzrli sabablarsiz hozir boʻlmasligi qismni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishni tashkil qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685830">JKning 287-moddasi <a href="/ru/acts/-111453#-271471">4-qismiga </a>koʻra, ushbu harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, ularning davomiylik muddati ahamiyatga ega boʻlmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685833">Qarindosh va tanishlarni borib koʻrish, xizmat hordigʻini chiqarish, oilaviy va shaxsiy ishlarni bajarish, vaqtinchalik muammolarni hal etish istagi kabi sabablar qismni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish hollariga xosdir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685834">34. Dezertirlik deganda, harbiy xizmatdan butunlay boʻyin tovlash maqsadida harbiy qismni yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685840">Harbiy xizmatchi dezertirlik sodir eta turib, qonunga xilof ravishda harbiy xizmatni oʻtashni tugatadi va oʻzini harbiy xizmat munosabatlari doirasidan chetga olishga intiladi. Subyekt (shaxs) harbiy xizmatdan boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini tark etgan paytdan boshlab dezertirlik jinoyati tugallangan hisoblanadi va shu paytdan javobgarlikka tortish muddatini hisoblash boshlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685842">Bunday maqsad mavjud boʻlganda oʻzboshimchalik bilan oʻz joyida boʻlmaslikning davomiyligi ahamiyat kasb etmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685843">Dezertirlikka xos alomatlar — aybdor tomonidan soxta hujjatlar toʻgʻrilab olish, fuqaroviy kiyimni qayta kiyib olish, harbiy kiyimni yoʻq qilish, ishga joylashishga yoki yashash uchun boshqa doimiy manba topishga urinish kabilardir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685846">Xizmat joyida boʻlmaslikning davomiyligi sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini baholash va aybdorga jazo tayinlash paytida ahamiyatga ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685847">Dezertirlikni sodir etgan shaxsning asosiy sabab qilib koʻrsatadigan vajlari — harbiy xizmat qiyinchiliklari va mahrumliklarni boshdan kechirishni istamaslik, doimiy ravishdagi shaxsiy va oilaviy muammolarni hal qilishga intilish, harbiy xizmatni oʻtash davrida sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikdan qochish va hokazolar boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685848">35. Biron aʼzosini mayib qilish orqali harbiy xizmatdan boʻyin tovlash — harbiy xizmatchining oʻz sogʻligʻiga zarar yetkazishidan iborat. Bu harakat qasddan, sunʼiy yoʻl bilan biron-bir aʼzo yoki tana toʻqimasiga zarar yetkazish (masalan, oyoq yoki qoʻl barmoqlari), biron-bir aʼzo funksiyasini buzish (masalan, oshqozon, yurak faoliyatining buzilishi), biron-bir kasallikni sunʼiy ravishda chaqirish yoki oʻzini yolgʻondan kasallikka solish, mavjud kasallikni kuchaytirish orqali sodir etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685849">Sogʻliqqa ziyon oʻqotar yoki sovuq qurollar, kesadigan yoki sanchiladigan buyumlar, turli xil zaharli moddalar, boshqa mexanik, issiqlik yoki ularga oʻxshash vositalar bilan yetkazilishi mumkin. Boʻyin tovlash tarkibi uchun aʼzoni mayib qilish qanday yoʻl bilan sodir etilganligi ahamiyatsiz.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685850">36. Oʻzini yolgʻondan kasallikka solishda, harbiy xizmatchi, haqiqatda sogʻ boʻla turib, harbiy xizmat majburiyatlarini oʻtashdan ozod boʻlishga ruxsat olish maqsadida, goʻyoki oʻz harbiy burchlarini bajarishga xalal berayotgan kasalliklari, jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari borligini roʻkach qilib, oʻzini yolgʻondan kasalga soladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685851">37. Hujjatni qalbakilashtirish usuli orqali boʻyin tovlash shundan iboratki, bunda harbiy xizmatni oʻtashdan ozod boʻlish maqsadida harbiy xizmatchi oʻz qoʻmondoniga soxta hujjat taqdim etadi. Barcha hollarda qalbakilashtirishning mohiyati shundaki, hujjatda koʻrsatilgan voqea va hodisalar amalda mavjud boʻlmasdan, ularga tayangan holda harbiy xizmatchi oʻzini vaqtincha yoki doimiy ravishda harbiy xizmat majburiyatlarini oʻtashdan ozod qilishni iltimos qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685852">Hujjatlarni qalbakilashtirish — boʻyin tovlash obyektiv tomonining muqarrar belgisi ekanligi sababli, uni JKning hujjatlarni qalbakilashtirish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685854">38. Boʻyin tovlashning usuli sifatida boshqa aldov — harbiy xizmatni oʻtashdan ozod boʻlish maqsadida voqea yoki hodisalar toʻgʻrisida, bila turib, yolgʻon maʼlumot yetkazish yoki mazkur holatlar haqida xabar berishga burchli boʻla turib, oʻsha maqsadda ongli ravishda xabar bermaslikdan iborat.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685855">39. Harbiy xizmat vazifalarini oʻtashdan bosh tortish — harbiy xizmatchi tomonidan ochiqdan-ochiq, yolgʻon ishlatmasdan, ogʻzaki, yozma yoki boshqa yoʻl bilan harbiy xizmatni oʻtash yoki uning baʼzi majburiyatlarini bajarishni istamaslikda va amalda ularni bajarmay qoʻyishda namoyon boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685858">Tobe shaxsning oʻz qoʻmondonining muayyan topshiriqlarini bajarishdan bosh tortishi (masalan, xizmat safariga joʻnash, sutkalik naryadga kirishish va hokazo) harbiy xizmatdan umuman bosh tortish sifatida koʻrilishi mumkin emas. Bunday harakatlar boʻysunmaslik jinoyati tarkibini tashkil qiladi, chunki bunday holda qoʻmondon talabi buyruq xususiyatiga ega boʻlib, harakat esa, harbiy xizmatni oʻtashdan bosh tortishga emas, balki buyruqni ochiqdan-ochiq bajarmaslikka qaratilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685859">40. Baʼzi hollarda qonunga va Qurolli Kuchlar umumharbiy nizomlariga muvofiq harbiy xizmatchilar maxsus huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar (jangovar navbatchilik, sutkalik yoki garnizon naryadlarida boʻlish va hokazo).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685860">Sudlar shu narsani nazarda tutishlari lozimki, harbiy xizmatchilar tomonidan maxsus xizmatni oʻtash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik (maxsus subyekt) JKning<a href="/ru/acts/-111453#-271510"> 291 — 294-moddalarida </a>belgilangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685862">Ushbu moddalar dispozitsiyasi blanket xususiyatga ega boʻlganligi sababli, sudlarning eʼtibori jinoyat sodir etgan shaxs oʻzining harakatlari bilan havola etilayotgan normativ hujjat yoki Nizomning aynan qaysi modda yoki bandlari talablarini buzganligini aniq koʻrsatishlari lozimligiga qaratilsin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-6685863">IV bob. Harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish bilan bogʻliq masalalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685864">41. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv va boshqa moddalar va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish — harbiy xizmatchi tomonidan maxsus ehtiyot qoidalariga rioya etmaslikdan iborat. Bu esa, odamlarning oʻlimi va ularga shikast yetkazilishiga, harbiy mulkning yoʻq boʻlishiga, harbiy tadbirlarning barbod boʻlishi va boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685865">Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, moddalar va buyumlar bilan muomalada boʻlish tartibi harbiy nizomlarda va boshqa normativ aktlar (turli xil qurollardan otish kurslari, qoʻllanmalar va boshqalar)da belgilangan boʻlib, ularda qurol-yarogʻ, tegishli modda va buyumlar bilan muomalada boʻlishda xavfsizlik shartlarini taʼminlovchi qoidalar majmui keltirilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685866">Qoida buzilishi deganda, qurol-yarogʻ, shuningdek, moddalar va buyumlar bilan ishlash chogʻida belgilangan usullarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, yoxud ular bilan muomalada boʻlishda harakat ketma-ketligiga rioya qilmaslik, shuningdek, ushbu modda va buyumlarni saqlash xavfsizligini taʼminlovchi qoidalarni buzish tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685867">JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271609">297-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyat subyekti — oʻz xizmat mohiyatiga koʻra, atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, moddalar va buyumlardan foydalanayotgan yoki ularni saqlash, tashish va yetkazib berishni taʼminlab beruvchi yoxud ularga daxldor boʻlgan va ular bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzgan harbiy xizmatchilar boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685868">JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271609">297-moddasi </a>dispozitsiyasi faqat oʻqotar qurolni (pistolet, avtomat, granatomyot, artilleriya yoki raketa qurol-yarogʻlari) oʻz ichiga oladi, sovuq qurol bu guruhga kirmaydi. Qurol-yarogʻ zavodda tayyorlangan va harbiy qism u bilan qurollangan boʻlishi kerak. Qoʻlda yasalgan oʻqotar qurollar JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271609">297-moddasida </a>nazarda tutilgan qurolga kirmaydi. Qurilish, signal, start pistoletlari va tirik kuchni yoʻq qilishga moʻljallanmagan boshqa otish vositalari ham bu guruhga kirmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685869">42. Jangovar, maxsus yoki transport mashinalaridan belgilangan maqsadda foydalanish Ichki xizmat Nizomi, Yoʻl harakati qoidalari va boshqa huquqiy aktlarda belgilangan tartibga qatʼiy rioya qilishni nazarda tutadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685871">43. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271639">298-moddasi </a>nazarda tutgan jinoyatning muqarrar alomati — yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklar natijasida odamlarning halok boʻlishi yoki ularga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish kabi muayyan zararning kelib chiqishidir. Hayot yoki sogʻliqqa zarar yetkazish ushbu jinoyat tarkibi bilan qamrab olingan va u shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddalar bilan qoʻshimcha tavsiflashni talab qilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685874">Boshqa ogʻir oqibatlar deganda, poyezdlar, kemalar yoki samolyotlar qatnovi uzoq muddatga izdan chiqishi, tevarak-atrofdagi uylar, qurol-aslaha, kiyim-kechak, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari omborlari va boshqa inshootlar vayron qilinishi (portlashi, yonib ketishi, qulab tushishi) va h.k.lar tushunilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685875">Moddiy boʻlmagan ogʻir oqibatlar muhim harbiy topshiriqlar, jangovar, harbiy-oʻquv vazifalari yoki boshqa muhim tadbirlarning barbod boʻlishida ifodalanishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685878">44. Jangovar, transport va maxsus mashinalarni boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish jinoyatini unga oʻxshash boshqa jinoyatlardan ajratish lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685879">JKning <a href="/ru/acts/-111453#-268439">266-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyatdan mazkur jinoyat obyekti, obyektiv tomonining baʼzi alomatlari va subyekti bilan ajralib turadi. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271639">298-moddasi</a> boʻyicha jinoyat obyekti bu Qurolli Kuchlarda oʻrnatilgan va jangovar, maxsus yoki transport mashinalaridan foydalanish yoki ularni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan harbiy xizmatni oʻtash tartibidir. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-268439">266-moddasida </a>belgilangan jinoyat esa — transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga tajovuz qiladi. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271639">298-moddasida </a>koʻrsatilgan jinoyat harbiy xizmatchi tomonidan jangovar, maxsus yoki transport mashinasida sodir etiladi. Agar harbiy xizmatchi jangovar, maxsus yoki transport boʻlmagan mashinada va harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxs esa, jangovar, maxsus yoki transport mashinada boshqarish qoidalarini buzsa, bu harakat JKning <a href="/ru/acts/-111453#-268439">266-moddasi </a>tarkibi alomatlariga toʻgʻri keladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685881">Agar transport vositalarining texnik holati yoki ulardan foydalanishga masʼul shaxs texnik jihatdan nosoz boʻlgan jangovar, maxsus yoki transport mashinalarni foydalanish uchun chiqarib yuborsa va bu JKning <a href="/ru/acts/-111453#-268339">262-moddasida </a>nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarsa, bu holat JKning <a href="/ru/acts/-111453#-268339">262-moddasi </a>bilan tavsiflashni talab qilmaydi, chunki ushbu qilmish JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271639">298-moddasi </a>dispozitsiyasi bilan qamrab olingan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685883">45. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271639">298-moddasi </a>jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish natijasida kelib chiqqan barcha oqibatlarni, jumladan, bir necha odamlarning halok boʻlishini ham nazarda tutadi. Shuning uchun bir necha odamlarning oʻlimiga olib kelganlik alomati mavjudligining oʻzi qilmishni JKning<a href="/ru/acts/-111453#-268339"> 262-moddasi </a>bilan tavsiflash uchun asos boʻlmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685884">Boshqarish qoidalarini buzgan shaxs tomonidan ayni paytda jabrlanuvchiga yordam koʻrsatmaslik JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271639">298-moddasi </a>dispozitsiyasi doirasidan tashqariga chiqadi va JKning<a href="/ru/acts/-111453#-240493"> 117-moddasi </a>bilan qoʻshimcha tavsiflashni talab qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685886">46. Jinoyatning subyekti — jangovar, maxsus yoki transport mashinasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan yoki uni bevosita boshqaradigan harbiy xizmatchi boʻladi. Qoidabuzarni boshqarish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishda uning shtat boʻyicha haydovchi boʻlish-boʻlmasligining va mashinani boshqara olish-olmasligining ahamiyati yoʻq. Instruktor nazorati ostida oʻquv mashinasida boshqarishni oʻrganayotgan harbiy xizmatchini JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271639">298-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortib boʻlmaydi. Bunday holda harakat xavfsizligini taʼminlash instruktorga yuklatilgan boʻlib, aynan u boshqarish qoidalarini buzganlik uchun javobgardir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685888">47. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish harbiy texnikadan foydalanish tartibiga qarshi jinoyatlar tarkibiga kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685890">Mazkur jinoyatning obyekti — Qurolli Kuchlarda oʻrnatilgan uchish va uchishga tayyorgarlik koʻrish tartibidir. Shuning uchun ham ushbu jinoyat uchun javobgarlik, faqat uchish apparatini havoda boshqarish vaqtida yoki koʻtarilish-qoʻnish yoʻlagidagi harakat chogʻida koʻtarilish yoki qoʻngandan soʻng dvigatel toʻxtashigacha boʻlgan vaqtda uchish apparatini boshqarish qoidalarini buzish, shuningdek, mashinani va ekipajni uchish oldidan tayyorlash qoidalarini buzgandagina yuzaga kelishi mumkin. Mashinaning havoga koʻtarilishi yoki qoʻnishi bilan bogʻliq boʻlmagan hodisalar ushbu modda bilan javobgarlikka tortishga asos boʻla olmaydi va boshqa jinoyat tarkibini tashkil etishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685892">Uchish apparatlariga Qurolli Kuchlarga tegishli boʻlgan samolyotlar va vertolyotlar, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan samolyotlar va planerlar kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685896">48. JKning<a href="/ru/acts/-111453#-271661"> 299-moddasi </a>halokat yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelgan hodisalar uchun javobgarlikni nazar tutadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685899">Halokat deganda, harakatlanayotgan uchish apparatining unda uchayotgan ekipaj aʼzolaridan, koʻchirilayotgan boʻlinma shaxsiy tarkibidan yoki havo kemasida boʻlgan boshqa shaxslardan birortasining halok boʻlishiga sabab boʻlgan buzilishi yoki shikastlanishi tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685902">Boshqa ogʻir oqibatlarga quyidagilar kirishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685905">havo kemasida boʻlgan shaxslarning badaniga ogʻir shikast yetkazilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685909">uchish apparatining yerga qulab tushishi yoki majburan qoʻnishi natijasida yerdagi odamlarning halok boʻlishi yoki ularning badaniga ogʻir shikast yetkazilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685912">avariya, yaʼni samolyotga uning yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlgan darajada shikast yetkazilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685914">havo kemasining halokati, qulashi yoki majburan qoʻnishi chogʻida davlat, shuningdek, harbiy mulkning yoki shaxsiy mulkning nobud boʻlishi yoki ularga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685919">49. Uchish qoidalarini buzish kemani boshqarishda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar, belgilangan moʻljal yoki yoʻl boshqaruvining yoʻqotilishi, shoʻngʻish holatidan chiqishda kechikish, qoʻnish joyiga yetib kelmasdan yoki u yerdan oʻtib ketib qoʻnish, shassini toʻliq tushirmasdan yerga qoʻnish, qoʻnayotganda pasayish tezligini oshirish va hokazolar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685921">Uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzish ekipaj aʼzolarini uchishga tayyorlash va ruxsat berish qoidalarini bajarmaslik yoki mashinaning oʻzini uchishga tayyorlash qoidalariga rioya qilmaslik bilan bogʻliqdir (bemor uchuvchining uchishi, meditsina koʻrigidan oʻtmaslik, mashinani texnik nosozliklar bilan uchishga chiqarish va hokazolar).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685924">Jinoyat tarkibi uchun xos muqarrar alomat — yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik bilan uning oqibatlari oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishning mavjudligidir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685927">50. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271661">299-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyatning subyekti — zimmasiga uchish yoki uchishga tayyorgarlik koʻrishni taʼminlashga oid maxsus vazifa yuklatilgan harbiy xizmatchilar boʻlishlari mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685933">Uchish rahbari, havo kemasining qoʻmondoni, uchuvchi, bort muhandisi, shturman va boshqalar ham javobgarlikka tortilishlari mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685934">Uchishga tayyorgarlik koʻrish qoidalarini buzganlik uchun samolyot texniklari, mexaniklar, uchishni taʼminlash xizmatining boshqa shaxslari javobgarlikka tortilishlari mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685935">51. Harbiy mulkni behuda sarflash, yoʻqotish yoki ishdan chiqarish jinoyatining obyekti — harbiy nizomlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar va buyruqlarda qayd etilgan harbiy mulkdan foydalanish va uni asrab-avaylash tartibidir. Bu tartibga rioya qilish qurol-yaroqlarning, jangovar va boshqa texnikadan, anjomlar, kiyim-kechak va boshqa mulkdan toʻgʻri foydalanish va ularni ehtiyot qilishni taʼminlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685936">Harbiy mulk harbiy xizmatchilarga shaxsiy ehtiyoj yoki xizmatda foydalanishi uchun beriladi. Shaxsiy ehtiyoj uchun foydalanishga faqat kiyim-kechaklar va anjomlar, xizmatda foydalanish uchun esa — qurol, oʻq-dori, harakatlanish vositalari va hokazolar beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685938">52. JKning 295-moddasi <a href="/ru/acts/-111453#-271558">1-qismi </a>muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga shaxsiy foydalanishga berilgan harbiy anjomlarni behuda sarflaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685939">Kiyim-kechak va anjomlar ofitserlar tarkibida boʻlgan shaxslarga va harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) asosida oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga shaxsiy mulk sifatida beriladi. Shuning uchun ham bu shaxslar tomonidan ushbu ashyolarning kimgadir berib yuborilishi, yoʻqotilishi yoki ularga shikast yetkazilishi uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685940">Muddatli xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga, ofitserlarga va harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) asosida oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga inventar sifatida berilgan anjomlar harbiy qismning mulki hisoblanadi. Ularning birovlarga oʻtkazilishi behuda sarflash jinoyatining emas, davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatining tarkibini tashkil qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685942">53. JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271555">295-moddasidan </a>farqli oʻlaroq, kodeksning <a href="/ru/acts/-111453#-271597">296-moddasida </a>nafaqat shaxsiy yoki xizmatda foydalanish uchun berilgan anjomlarni, balki har qanday harbiy mulkni asrash tartibi nazarda tutilgan. Qurol-yaroq, oʻq-dorilar, harakatlanish vositalari va boshqa harbiy mulklar davlat mulki boʻlib, shuning uchun ham ularni qasddan nobud qilgan yoki ularga shikast yetkazgan aybdor bir paytning oʻzida davlat mulkiga ham tajovuz qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685943">Behuda sarflash kiyim-kechak va anjomlarni sotish, garovga qoʻyish yoki boshqa shaxsga foydalanish uchun berishda ifodalanadi. Behuda sarflashning muqarrar belgisi — shaxsiy foydalanish uchun berilgan kiyim-kechak yoki anjomlarning harbiy xizmatchi egaligidan chiqib, oʻzga shaxsning noqonuniy egaligiga oʻtishidir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685944">Behuda sarflangan harbiy mulk doimo davlat mulki boʻlib qolganligi uchun, har qanday vaziyatda u noqonuniy egalikdan tortib olinadi va agar uning qaytarilishining iloji boʻlmasa, uning qiymati qonunda belgilangan miqdorda aybdordan undiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685945">Subyektiv tomondan behuda sarflash aybning toʻgʻri qasd shaklida sodir etiladi. Aybdor oʻziga shaxsiy foydalanish uchun berilgan buyumni sotayotganini, birovga foydalanish yoki garovga berayotganini anglaydi va buni xohlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685947">Kiyim-kechak yoki anjomlarni yoʻqotish yoki ularni ishdan chiqarish, shuningdek, aybning ehtiyotsizlik shakli — jinoiy oʻz-oʻziga ishonish yoki jinoiy beparvolik bilan sodir etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685949">54. Harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazishning atrofdagilar uchun xavfli usulda sodir etilishi (yoqish yoki choʻktirib yuborish va hokazolar) JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271597">296-moddasi </a>bilan qamrab olinadi va kodeksning <a href="/ru/acts/-111453#-265251">173-moddasi </a>bilan qoʻshimcha tavsiflashni talab etmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685951">Harbiy mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish baʼzida shikastlangan mulkning qandaydir qismini oʻgʻirlash bilan birga sodir etiladi. Mazkur harakatlar mulkni qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazish va davlat mulkini oʻgʻirlash sifatida jinoyatlar majmui bilan tavsiflanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685954">JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271597">296-moddasida </a>koʻrsatilgan jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd shaklida sodir etiladi. Bunday paytda aybdor shaxs mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazishni maqsad qilib qoʻyadi yoki bunday oqibatlarning kelib chiqishiga bila-turib yoʻl qoʻyadi. Aybdor boshqa biror mulkni emas, balki aynan harbiy mulkni nobud qilayotganini yoki unga shikast yetkazayotganini anglaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685955">Agar shaxs oʻz harakati bilan harbiy mulkni yoʻq qilyapman deb oʻylasa-yu, haqiqatda esa mulk harbiy boʻlmasa, qilmish harbiy mulkni nobud qilishga suiqasd deb baholanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685958">Jinoyatning haqiqiy sababini (motivini) aniqlash katta ahamiyatga ega. Agar harbiy mulkni nobud qilish yoki unga shikast yetkazish Oʻzbekiston Respublikasiga ziyon yetkazish maqsadida sodir etilgan boʻlsa, bunday harakatlar davlatga qarshi jinoyat — diversiya (JKning <a href="/ru/acts/-111453#-262665">161-moddasi</a>)ni tashkil etadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-6685962">V bob. Harbiy mansabdorlik jinoyatlariga oid ishlarni koʻrish bilan bogʻliq masalalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685963">55. Harbiy mansabdorlik jinoyatlari harbiy boshqaruv organlarining Qurolli kuchlar salohiyatini mustahkamlash manfaatlariga mos keluvchi, toʻgʻri faoliyatiga, harbiy boshliq va mansabdor shaxslar uchun belgilangan xizmat vazifalarini amalga oshirish tartibiga tajovuz qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685964">Harbiy mansabdorlik jinoyatlarning subyektlari harbiy boshliqlar va boshqa mansabdor shaxslar boʻlishi mumkin. Ichki xizmat Nizomiga muvofiq boshliq xizmat mavqeyi (lavozimi)ga va harbiy unvoniga koʻra boʻlishi mumkin. Harbiy mansabdor shaxslarning namunaviy roʻyxatlari Ichki xizmat Nizomida, Intizom Nizomida, Garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomida va boshqa huquqiy aktlarda keltirilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685965">Boshqa harbiy xizmatchilar ham, agar ular boshliq boʻlmay turib, muayyan tashkiliy — farmoyish berish yoki maʼmuriy — xoʻjalik vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan lavozimlarni doimiy yoki vaqtincha egallab tursa, yoki bu vazifalarni qoʻmondonlikning maxsus farmoyishi boʻyicha bajarsa, mansabdor shaxs boʻlishi mumkin. Ushbu vazifalarni bajarish uchun harbiy xizmatchilarga yuridik ahamiyatga ega harakatlar sodir eta olishi bilan bogʻliq tegishli vakolatlar beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685966">Harbiy mansabdorlik jinoyatlarining ijrochilari sifatida faqat boshliqlar va mansabdor shaxslar, ishtirokchilari boʻlib esa, boshqa shaxslar ham boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685967">Harbiy mansabdorlik jinoyatlarining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, uni sodir etishdan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatlar, baʼzan, aybdor tomonidan bevosita emas, balki xizmat boʻyicha unga tobe shaxslardan foydalanish, ularga noqonuniy buyruq berish orqali yetkazilishi mumkin. Bunday buyruqni qasddan bergan mansabdor shaxs noqonuniy buyruqni ijro etish natijasida kelib chiqqan oqibatlar uchun javob beradi. Bunday holda uning xatti-harakati shaxsan oʻzi sodir etgani singari mansabdorlik jinoyati sifatida, agar oqibatlarning oʻzi mustaqil jinoyatni tashkil etsa, qilmishlar majmui bilan tavsiflanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685969">Mansabdor shaxsning notoʻgʻri harakatlari bilan u sodir etgan jinoyat oqibatlari oʻrtasida sababiy bogʻlanish borligi aniqlangan boʻlishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685972">56. Hokimiyatni yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish — boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning qasddan oʻz xizmat mavqeyidan harbiy xizmat manfaatlariga zid maqsadlarda foydalanishidir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685973">Hokimiyatni yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish mansabdor shaxs tomonidan uning oʻz vakolatlarini buzishida ifodalanishi mumkin, ammo bu harakatlar aybdor zimmasiga xizmat yuzasidan yuklatilgan u yoki bu muayyan huquq va majburiyatlarning buzilishi bilan bogʻliq boʻlmasligi ham mumkin. Biroq, barcha hollarda ham shaxs mazkur xatti-harakatlarni, faqat oʻzi egallab turgan xizmat mavqeyiga koʻra sodir etgan boʻlishi va bu xatti-harakatlar oʻz mohiyatiga koʻra xizmat burchiga zid boʻlishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685975">Xizmat manfaatlariga xilof ravishda sodir etilgan deb, xizmat zarurati taqozo etmagan, xizmat burchi va mansab majburiyatlarini buzadigan, qonunlar, harbiy nizomlar va qoʻmondonlik buyruqlariga zid boʻlgan xatti — harakatlar tushunilishi lozim. Bunda xizmat boʻyicha yuklatilgan majburiyatlarning mansabdor shaxs tomonidan buzilishini, unga berilgan huquqlarning suiisteʼmol qilinishini, oʻz faoliyatida qonun talablaridan chetga chiqilishini maqsadga muvofiqlik yoki xizmat zaruriyati tufayli qilingan deb oqlab boʻlmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685977">57. Hokimiyat yoki xizmat vakolatidan tashqariga chiqish, mansabni suiisteʼmol qilishdan farqli oʻlaroq, qoʻmondon yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻziga berilgan huquq va vakolatlar doirasidan qasddan, ochiqchasiga chetga chiqadigan harakatlarni sodir etishida ifodalanadi. Hokimiyat yoki xizmat vakolatidan tashqariga chiqish jumlasiga mansabdor shaxs xizmat yuzasidan faqat muayyan, ayni vaqtda mavjud boʻlmagan hollardagina sodir etishga haqli boʻlgan yoki yuqori lavozimda turgan yoxud maxsus vakolatli shaxs sodir etishi lozim boʻlgan harakatlar ham kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685979">Shaxsning xizmat mavqeyi doirasidan chetga chiqishda aybdorligi masalasini hal etish chogʻida har doim uning vakolat doirasini aniqlab olish muhimdir. Harbiy mansabdor shaxslarning huquq va vakolatlari qonunlar, ustavlar, nizomlar va qoʻmondonlik buyruqlarida aniq belgilab qoʻyilgan. Ayni paytda shuni eʼtiborga olish kerakki, mansabdor shaxs tomonidan qurol va boshqa jismoniy zoʻrlik ishlatilishi, agar bu harakatlar uning tomonidan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi va xizmat yuzasidan jabrlanuvchiga nisbatan mavjud vakolatlar doirasidan chetga chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan hollardagina hokimiyatni suiisteʼmol qilish deb baholanishi mumkin. Jabrlanuvchi aybdorga tobe yoki aybdor hokimiyat vakili boʻlganligi bois unga qaram boʻlgan hollarda muayyan vakolatlar mavjud boʻlishi mumkin. Aks holda shaxsga qarshi jinoyat uchun JKning tegishli moddalari bilan javobgarlik yuzaga kelishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685980">58. Hokimiyat harakatsizligi — boshliq oʻz harbiy xizmat majburiyatlariga koʻra sodir qilishi lozim boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmaganligida ifodalanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685986">Harbiy nizomlar, har bir boshliq oʻziga berilgan hokimiyatdan harbiy xizmat manfaatlari, unga ishonib topshirilgan qism (boʻlinma)ning jangovar salohiyatini oshirish, tartib va intizomga qatʼiy amal qilish yoʻlida toʻliq foydalanishi kerakligini talab etadi. Boshliqning jinoiy harakatsizligi, muayyan sharoitda ijtimoiy xavfli oqibatlarning oldini olish uchun qoʻllashi lozim boʻlgan choralarni qoʻllamasligi harbiy xizmatga katta ziyon yetkazishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685988">Agar boʻlinma qoʻmondoni oʻziga tobe shaxs boʻlinma mulkini tashish paytida jangovar oʻqlarni oʻgʻirlab, begona shaxsga sotayotganligini koʻra turib, buning oldini olmasa, bu qoʻmondon jinoiy harakatsizlik uchun javobgarlikka tortilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685990">Boshliqning tobe shaxslarga nisbatan ularning ustavga zid harakatlariga barham berish uchun chora koʻrmasligi ham hokimiyat harakatsizligi deb baholanishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685993">Hokimiyat harakatsizligi — qasddan qilinadigan xatti-harakat boʻlib, u aynan shu bilan xizmatga sovuqqonlik bilan qarashdan farq qiladi. Hokimiyat harakatsizligi hokimiyat vakolatini suiisteʼmol qilishdan shunisi bilan farq qiladiki, bu jinoyat boshliq faqat hokimiyat vakolati doirasida va faqat xizmat vazifasiga koʻra qilishi shart boʻlgan harakatni sodir etmasligi shaklida boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham har bir holda bajarilmay qolgan harakatlarni sodir etish mazkur mansabdor shaxsning vakolatiga kirish-kirmasligi va buning uchun unda yetarli imkoniyat boʻlgan-boʻlmaganligi aniqlanishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685995">59. Hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, hokimiyat yoki xizmat vakolatidan chetga chiqish va hokimiyat harakatsizligi — qasddan sodir etiladigan jinoyatlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685997">Aybdor mansab mavqeyidan foydalanib, sodir etayotgan harakati (harakatsizligi) harbiy xizmat manfaatlariga zid ekanligini anglaydi va aynan shuni sodir etishni istaydi yoki oʻzining bunday harakatlariga befarq qaraydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6685999">Aybdorning oqibatlarga — qonunga muvofiq jinoyat tarkibining muqarrar alomatlaridan biri boʻlgan jiddiy ziyonga munosabati ham qasd, ham ehtiyotsizlik shaklida boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686001">Jiddiy ziyon sifatida, jumladan, Qurolli Kuchlar manfaati hamda nufuziga, boʻlinmada (qismda) harbiy intizomga putur yetishi, jangovar topshiriqning, oʻq otish mashgʻulotlarining, ishlarning barbod boʻlishi kabi holatlar tan olinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686002">Shuningdek, jiddiy ziyon tushunchasi hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqish jinoyatlari uchun xos boʻlgan jabrlanuvchining hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni ham oʻz ichiga olishligi bois, sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan qilmishlar jiddiy ziyon deb baholanmasligi va kam ahamiyatli deb topilishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686004">60. Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash — mansabdor shaxsning oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni beparvoligi yoki vijdonan munosabatda boʻlmasligi oqibatida umuman yoki lozim darajada bajarmasligidan iborat.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686006">Majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik ularning yuzaki, ishtiyoqsiz, eʼtiborsizlik bilan, oʻylamasdan va kerakli gʻayrat, tashabbussiz bajarilishida namoyon boʻladi. Bu koʻrinishdagi sovuqqonlik harbiy mansabdor shaxsning unga ishonib topshirilgan harbiy mulkka loqayd munosabatda boʻlishi oqibatida mazkur mulkning nobud boʻlishi yoki unga shikast yetishi, moddiy boyliklardan foydalanishda hisob-kitob va nazoratning yetarlicha boʻlmaganligi yoki ularni saqlash yomon tashkil etilganligi sababli talon-toroj yoki kamomad kelib chiqishi, qoʻmondon boʻlinmada harbiy tartib oʻrnatish uchun tegishli chora-tadbirlar koʻrmaganligi tufayli tobe shaxslar tomonidan intizomning qoʻpol buzilishi yoki qoʻmondonlik bergan topshiriqlarning bajarilishi barbod boʻlishi kabilarda namoyon boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686010">Sovuqqonlik mansabdorlik jinoyati boʻlib, mansabdor shaxs tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan harakatlar uning xizmat vakolatiga tegishli boʻlishini, lavozimi boʻyicha uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar doirasiga kirgan boʻlishini taqozo etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686011">Mansabdor shaxs u yoki bu majburiyatlarni oʻz xizmat burchi tufayli bajarishi nafaqat shart boʻlgan, balki uni lozim darajada bajarish mumkin va buning uchun real imkoniyatga ega boʻlgan holdagina sovuqqonlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar mansabdor shaxs oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada amalga oshirish uchun yetarli imkoniyatga ega boʻlmagan sharoitga tushib qolgan boʻlsa, sovuqqonlik uchun javobgarlik istisno etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686013">Agar boshliq yoki mansabdor shaxs tomonidan boshqa shaxs yordamida JKning <a href="/ru/acts/-111453#-271705">301-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyat sodir qilinsa, uning harakatlari ushbu modda bilan toʻgʻridan-toʻgʻri, yordam bergan boshqa shaxsning harakatlari esa JKning <a href="/ru/acts/-111453#-179941">28-moddasi </a>orqali kvalifikatsiya qilinishi lozim.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-6686015">VI bob. Yakunlovchi qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686018">61. Sudlar jazo tayinlashda alohida yondoshuv toʻgʻrisidagi qonun talabiga qatʼiy rioya qilishlari, uni har doim sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatidan, harbiy xizmatchining shaxsi hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlardan kelib chiqqan holda qoʻllashlari shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686019">Sudlarga tushuntirilsinki, sudlanuvchiga jazo turini tayinlash paytida uni hukm chiqarilgunga qadar belgilangan tartibda harbiy xizmatdan boʻshatilganligini va shaxsini hisobga olib, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazosini qoʻllash huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686020">Uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni tayinlash paytida, sud ishning holatlari va sudlanganning shaxsini inobatga olib, muddatli xizmat harbiy xizmatchilariga intizomiy qismga yuborish, JKning <a href="/ru/acts/-111453#-184591">47-moddasida </a>koʻrsatilgan harbiy xizmatchilarga esa, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat yoki ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun xizmat boʻyicha cheklash jazolarini qoʻllash huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686021">Ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etgan harbiy yoki maxsus unvonga ega boʻlgan shaxslarga doir ishlarni koʻrishda sud har doim JKning <a href="/ru/acts/-111453#-184659">52-moddasiga </a>asosan ularni bunday unvondan mahrum qilish masalasini muhokama qilishi shart.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6686022"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-7336390"><a href="/ru/acts/-6685595?ONDATE=20.11.2023 00#-7336388">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-7336390"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-7336392">62. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarning sudlar tomonidan toʻgʻri va aniq qoʻllanilishi ustidan nazoratni kuchaytirishi, ushbu masala yuzasidan sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli tartibda taqdimnoma kiritish choralarini koʻrishi lozim.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-7336409">(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308374">qarori </a>tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686023">Shuningdek, sudlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli organlarga xususiy ajrimlar chiqarish orqali munosabat bildirsinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6686024">63. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli <a href="/ru/acts/-1449962">qarori </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-6686025">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV </a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-6686027">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA </a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-6686028">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-6686030">2023-yil 20-noyabr,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-6686031">29-son</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
