|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.10.2003
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KORXONALAR, TAShKILOTLAR VA MUASSASALARGA BOZOR JAMG‘ARMASI TOVARLARINI MAYDA ULGURJI SAVDO BO‘YIChA SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni bozor jamg‘armasining ba’zi tovarlari bilan mayda ulgurji tartibda ta’minlash barcha tizimdagi savdo tashkilotlariga yuklatilganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdo tashkilotlari bo‘lmagan iste’molchilarga bozor jamg‘armasi tovarlarini sotish Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga bozor jamg‘armasi tovarlarini mayda ulgurji savdo bo‘yicha sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1992-yil 8-iyuldagi 314-son qaroriga muvofiq amalga oshirilsin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida baravar to‘lov vositasi sifatida “So‘m-Kuponlar”ni muomalaga kiritish to‘g‘risida” 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qarorining 14-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida “So‘m-Kuponlar” muomalasi tartibini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 30-noyabrdagi 578-son qarori 3-bandining ikkinchi xat boshi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 25-fevral,
96-son