

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6402541" id="onLBC-6402541">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6210"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.02 Umumiy birgalikdagi mulk;</span></div><div id="LBC7597"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6402541" id="onLS-6402541">[<b>TSZ:</b><div id="LS3720"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;</span></div><div id="LS3800"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6402553" id="-6402553">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6402554" id="-6402554">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6402555" id="-6402555">Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6402556" id="-6402556"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402557" id="-6402557">Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga oid nizolarni hal qilishda qonun normalarini sudlar tomonidan bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402558" id="-6402558">1. Sudlarga tushuntirilsinki, umumiy mol-mulkni boʻlish er va xotinning daʼvosi boʻyicha nikoh davomida, nikohdan ajratish haqidagi ishni koʻrish bilan bir vaqtda, shuningdek nikoh bekor boʻlgandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402559" id="-6402559">Er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi daʼvo bilan sudga er va xotindan tashqari, ulardan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish zarurati tugʻilgan holatlarda kreditor ham murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402560" id="-6402560">Muomalaga layoqatsiz er yoki xotinning manfaatida umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini uning vasiysi berishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 66-moddasi <a href="/ru/acts/-3517337#-3519145">birinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402561" id="-6402561">Vafot etgan er yoki xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushini aniqlash va boʻlish haqidagi daʼvo arizasi bilan uning merosxoʻrlari murojaat qilishga haqli (Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-180552#-198633">1114-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402562" id="-6402562">2. Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha daʼvo arizalari sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalariga koʻra, javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi. Shuningdek, daʼvo arizasini qabul qilishda FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3518419">35-moddasida</a> belgilangan sudlovga tegishlilikning alohida qoidalari ham inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402563" id="-6402563">3. Sud tartibida taraflar yoki biror-bir asosga koʻra uchinchi shaxslarning (masalan, ijara, mulkdan tekin foydalanish, omonat saqlash va shu kabi shartnomalar boʻyicha) egaligida yoki foydalanishida boʻlgan mol-mulk boʻlinishini inobatga olib, sudlar daʼvo arizasini qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulklar haqida tegishli maʼlumotlarni aniqlab olishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402564" id="-6402564">Bu toifadagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda, sud taraflarning arizasi yoki oʻz tashabbusiga koʻra, daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402565" id="-6402565">Daʼvoni taʼminlash choralarining saqlanish muddati va ularni bekor qilish masalalari FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520586">112-moddasi</a> talablari asosida tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402566" id="-6402566">4. Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga oid nizolarni toʻgʻri hal qilish uchun sudlar, birinchi navbatda, ularning egaligida va foydalanishida boʻlgan mol-mulkning qaysi biri qonunga koʻra er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki va qaysi biri har birining oʻz mulki ekanligini aniqlashlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402567" id="-6402567">Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (bundan buyon matnda OK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-104720#-158694">23-moddasiga</a> muvofiq aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402568" id="-6402568">Mol-mulkni umumiy birgalikdagi mulk deb topish masalasini hal qilishda mol-mulk er yoki xotindan qaysi birining nomiga rasmiylashtirilganligi yoxud pul mablagʻlari qaysi biri tomonidan kiritilganligi ahamiyat kasb etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402569" id="-6402569">Er va xotinning yozma kelishuvi asosida aliment majburiyatlarini bajarish yuzasidan ulardan birining nomiga olingan mol-mulk er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402570" id="-6402570">5. Er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, ulardan har birining nikoh davomida bepul olgan mol-mulki, shuningdek nikoh davomida umumiy mablagʻlari hisobiga olingan er va xotinning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari har birining oʻz mulki hisoblanadi va boʻlinmaydi. Nikoh davomida umumiy mablagʻlari hisobiga olingan qimmatbaho buyumlar va zeb-ziynatlar bundan mustasno (OK <a href="/ru/acts/-104720#-158719">25</a>, <a href="/ru/acts/-104720#-158726">26-moddalari</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402571" id="-6402571">6. OK 27-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158748">oltinchi </a>va <a href="/ru/acts/-104720#-158749">yettinchi qismlariga </a>koʻra, voyaga yetmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan narsalar (kiyim-kechak, oyoq kiyim, maktab va sport anjomlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), shuningdek er-xotinning umumiy mol-mulki hisobidan voyaga yetmagan bolalari nomiga qoʻyilgan omonatlar ham bolalarga tegishli hisoblanib, er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda hisobga olinmaydi hamda mazkur mol-mulklar bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402572" id="-6402572">7. Agar er-xotin nikohdan ajratilgunga qadar oilaviy munosabatlarni tugatgan, yaʼni alohida yashagan va oʻz mablagʻlaridan alohida foydalangan, umumiy mablagʻlari hisobiga mol-mulk olmagan boʻlsalar, sud OK 27-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158747">beshinchi qismiga </a>muvofiq, er yoki xotinning biri tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan davrda orttirilgan mol-mulkni ulardan har birining oʻz mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan vaqtga qadar orttirilgan mol-mulkni boʻlishi mumkin. Oilaviy munosabatlar tugatilgandan keyin orttirilgan mol-mulkni er yoki xotinning oʻz mulki deb topish toʻgʻrisida qarshi daʼvo berilishi shart emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402573" id="-6402573">8. Nikoh davrida er yoki xotindan har biriga tegishli boʻlgan mol-mulkning qiymati ancha oshgan boʻlsa, ushbu mol-mulk manfaatdor er yoki xotinning talabi boʻyicha sud tomonidan birgalikdagi mulk deb topilishi mumkin. Bunday talabni hal etishda mol-mulkning qiymati qanday mablagʻlar, yaʼni umumiy mol-mulk, er-xotindan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga ancha oshganligi, shuningdek mol-mulkning nikohga qadar va nikoh davrida mablagʻ qoʻshilgandan keyingi holati aniqlanishi lozim (OK 25-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158724">ikkinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402574" id="-6402574">9. Er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi masalani hal qilishda, basharti ularning oʻrtasida nikoh shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, sudlar OK <a href="/ru/acts/-104720#-158693">5-bobida</a> nazarda tutilgan normalarga rioya etishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402575" id="-6402575">Er va xotin oʻrtasida notarial tartibda tasdiqlangan nikoh shartnomasi mavjud boʻlgan hollarda mol-mulk nikoh shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida boʻlinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402576" id="-6402576">Nikoh shartnomasida umumiy mol-mulkning ayrim turlariga nisbatan birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibi (OK <a href="/ru/acts/-104720#-158694">23-moddasi</a>) oʻzgartirilgan hollarda, nikoh shartnomasida koʻrsatilmagan mol-mulk qonunda belgilangan tartibda boʻlinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402577" id="-6402577">Bunda shuni inobatga olish kerakki, OK 31-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-5462155">beshinchi qismiga</a> koʻra, nikoh shartnomasining er yoki xotindan birini oʻta noqulay sharoitga solib qoʻyadigan (masalan, er-xotindan birini nikoh davrida topilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqidan batamom mahrum etadigan) shartlari shu er yoki xotin talabi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402578" id="-6402578">10. Er va xotindan birining talabi boʻyicha sud OK 28-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158762">ikkinchi qismida</a> nazarda tutilgan asoslarga koʻra, er-xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushlari tengligidan chekinishi mumkin. Er va xotin ulushlari tengligidan chekinish sud hujjatida batafsil asoslantirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402579" id="-6402579">11. OK 27-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158755">toʻqqizinchi qismida</a> nikohdan ajratilgan er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi talablar uchun belgilangan uch yillik daʼvo muddatining oʻtishini nikoh tugatilgan vaqtdan (fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratish qayd etilgan yoki sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan) emas, balki shaxs oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab hisoblash lozim (FK 154-moddasining <a href="/ru/acts/-111189#-153715">birinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402580" id="-6402580">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, daʼvo muddati faqat tarafning birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar bergan arizasiga asosan qoʻllaniladi. Sud daʼvo muddatini oʻz tashabbusi bilan qoʻllashga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402581" id="-6402581">12. Umumiy mol-mulkni boʻlishda, OK 28-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158765">toʻrtinchi qismiga</a> asosan er yoki xotindan biri tomonidan er yoki xotinning erkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos boʻlmagan tarzda sarflangan mol-mulk yoxud uning qiymati hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402582" id="-6402582">Agar er yoki xotin umumiy mol-mulkni yashirgan, unga zarar yetkazgan yoki yoʻq qilgan boʻlsa, sud oila va fuqarolik huquqining umumiy tamoyillari (huquq oʻxshashligi), shuningdek halollik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, mol-mulkni boʻlishda ushbu mol-mulkni yoki uning qiymatini hisobga olishi mumkin (OK <a href="/ru/acts/-104720#-5462118">7-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402583" id="-6402583">13. Er-xotindan biriga mol-mulkni asl holida berish masalasini hal etishda sud mol-mulkning xususiyati va nima uchun moʻljallanganligi, uni sotib olish shartlari va boshqa eʼtiborga molik holatlarni inobatga olishi lozim. Masalan, avtotransport vositasini boʻlishda sud er-xotindan qay biri undan amalda foydalanganligi, texnik holatiga qarab kelganligi, haydovchilik guvohnomasi borligi va boshqa holatlarni eʼtiborga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402584" id="-6402584">14. Turar joy yoki boshqa koʻchmas mulkni asl holida boʻlish masalasi sud tomonidan fuqarolik qonunchiligi normalarini inobatga olgan holda hal etilishi lozim (FK <a href="/ru/acts/-111189#-154280">223</a>, <a href="/ru/acts/-111189#-154301">226-moddalari</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402590" id="-6402590">Umumiy mol-mulk hisoblangan turar joyni asl holida boʻlish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, sud daʼvoni rad qilish bilan birga, taraflarga turar joydan foydalanish tartibini belgilash haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402591" id="-6402591">15. Boʻlinishi lozim boʻlgan mol-mulk qiymati ish koʻrilgan vaqtdagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turar joy yoki boshqa koʻchmas mulkning qiymati nizoli obyekt turgan joydagi narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402592" id="-6402592">Er va xotinning umumiy mol-mulki qiymati yuzasidan nizo boʻlganda tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402593" id="-6402593">16. Umumiy mol-mulkni boʻlishda sud er va xotinning har biriga qaysi mol-mulk berilishini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402594" id="-6402594">Er va xotinning birgalikdagi umumiy mulkida ikki yoki undan ortiq turar joy mavjud boʻlsa (uy, kvartira) sud er va xotindan qay birining egaligiga u yoki bu turar joy oʻtishini belgilashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402595" id="-6402595">Taraflardan biriga uning mol-mulkdagi ulushidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk berilgan hollarda sud boshqa tarafga pul kompensatsiyasi toʻlashni belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402596" id="-6402596">Sud hujjatining xulosa qismida aynan qaysi mol-mulk qaysi tarafga berilganligi, kompensatsiya miqdori va uni toʻlashi lozim boʻlgan shaxs aniq koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402597" id="-6402597">Shuningdek, pul kompensatsiyasi undirish belgilangan hollarda sud hujjatining xulosa qismida er yoki xotinning biriga oʻtgan mol-mulkka egalik huquqi pul kompensatsiyasi toʻlab berilganidan keyin vujudga kelishi koʻrsatilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402598" id="-6402598">17. Huquqi buzilgan er yoki xotin er-xotindan biri tomonidan umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha amalga oshirilgan bitim yuzasidan nizolashganda, nizo OK 24-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158714">uchinchi </a>va <a href="/ru/acts/-104720#-158716">toʻrtinchi qismlari </a>talablariga asosan hal qilinishi lozim. Ushbu moddada belgilangan maxsus daʼvo muddatini qoʻllash FK <a href="/ru/acts/-111189#-153710">153-moddasida </a>nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402599" id="-6402599">Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi berilgandan keyin er yoki xotindan biri vafot etgan taqdirda, sud protsessual huquqiy vorislik tartibida uni merosxoʻrlari bilan almashtiradi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3518923">47-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402600" id="-6402600">18. Er va xotinning roziligi bilan masʼuliyati cheklangan jamiyat, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat, xoʻjalik shirkati ustav fondiga kiritilgan pul va mulkiy hissalar, jumladan, koʻchar va koʻchmas mulk mazkur tijorat tashkilotining mulki hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402601" id="-6402601">Bunda tijorat tashkiloti ustav fondidagi ulush er va xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402602" id="-6402602">Manfaatdor er yoki xotinning tijorat tashkilotidagi ulushning bir qismini unga oʻtkazib berish (ulushni boʻlish) haqidagi talabi faqatgina qonun yoki tijorat tashkilotining taʼsis hujjatlarida ulush (bir qismi)ni uchinchi shaxslarga oʻtish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda qanoatlantirilishi mumkin. Bunda manfaatdor er yoki xotin qonun va taʼsis hujjatlarida belgilangan tijorat tashkiloti ishtirokchisi majburiyatlarini qabul qilishga rozi boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402603" id="-6402603">Aks holda manfaatdor er yoki xotin koʻrsatilgan tijorat tashkilotining ustav fondidagi unga tegishli ulushini pul shaklida ajratib berishni talab qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402604" id="-6402604">Nizolashilayotgan ulush qiymati tegishli tijorat tashkilotining faoliyatini tartibga soluvchi qonunda belgilangan qoidalar asosida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402605" id="-6402605">19. Shartnoma asosida mol-mulk olinganda (masalan, koʻchmas mulk, yer uchastkasi, avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomalari va hokazo) mulk huquqi FK 185-moddasining <a href="/ru/acts/-111189#-153964">ikkinchi qismiga</a> muvofiq, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402606" id="-6402606">Agar mol-mulk shartnoma asosida nikoh davomida olingan boʻlib, shartnoma er-xotin nikohdan ajratilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda, sud OK <a href="/ru/acts/-104720#-158694">23-moddasi</a> talablariga amal qilishi lozim. Aksincha, mol-mulk shartnoma asosida nikohga qadar olingan boʻlib, shartnoma er-xotin nikohga kirgandan soʻng davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan holda, basharti mol-mulk boʻlajak er-xotinning umumiy mablagʻlari hisobiga olinganligi isbotlanmasa, sud OK <a href="/ru/acts/-104720#-158719">25-moddasi</a> talablariga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402607" id="-6402607">20. Umumiy mol-mulkni boʻlishda er-xotinning umumiy qarzlari (OK 28-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158763">uchinchi qismi</a>) va oila manfaatlari yoʻlida vujudga kelgan majburiyatlar ham inobatga olinadi. Biroq, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, toʻyni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun olingan qarzlar va boshqa xarajatlar bunda inobatga olinmaydi (OK <a href="/ru/acts/-104720#-158854">44-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402608" id="-6402608">21. Mulk huquqini vujudga kelishi asoslaridan biri bitimlar boʻlib, kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan koʻchmas mulk ham er va xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi (FK <a href="/ru/acts/-111189#-153916">182-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402609" id="-6402609">Shunga koʻra, OK 28-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158763">uchinchi qismi</a> talabidan kelib chiqib, kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan koʻchmas mulkni boʻlishda sudlarning eʼtibori kredit shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan pul summasi ham er va xotinning umumiy qarz majburiyatlari deb topilishi shartligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402610" id="-6402610">Sud hujjatida er va xotin ularga taqsimlangan koʻchmas mulkdagi ulushlariga mutanosib ravishda kreditor oldida javobgar ekanliklari tushuntirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402611" id="-6402611">Kredit majburiyatlarini koʻchmas mulkdagi ulushi qiymatidan ortiq miqdorda bajargan er yoki xotin kredit boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan keyin oʻz ulushi qiymatidan ortiq toʻlangan summani undirish yoki ulushlarni qayta taqsimlash haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402612" id="-6402612">Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda sudlar tegishli kredit tashkilotini mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402613" id="-6402613">Shuningdek, agar mol-mulk er yoki xotinning biri tomonidan nikohga kirguniga qadar kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan boʻlib, kredit majburiyatlari esa nikoh davomida bajarilganda, nikoh davomida toʻlangan pul summasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402614" id="-6402614">22. Sudlarning eʼtibori, agar shartnomada mol-mulk qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash va mulk huquqi toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgandan keyin sotib oluvchiga oʻtishi nazarda tutilganda, ish holatlaridan kelib chiqib, taraflar nikohdan ajratilguniga yoki umumiy roʻzgʻor yuritish tugatilgunga qadar toʻlangan pul summasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402615" id="-6402615">23. Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi daʼvo arizasi yuzasidan davlat boji qonunda belgilangan miqdorda daʼvogar talab qilayotgan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402616" id="-6402616">Sud mazkur toifadagi ishlar boʻyicha davlat bojini taqsimlashda taraflarga berilgan mol-mulk yoki uning ulushi qiymatidan kelib chiqishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402617" id="-6402617">24. Quyidagi mulkiy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar fuqarolik qonunchiligi boʻyicha hal etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402618" id="-6402618">nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan bir oila boʻlib yashaydigan shaxslarning mulkiy nizolari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402619" id="-6402619">dehqon va fermer xoʻjaliklarining, xususiy korxona va oilaviy korxonaning mol-mulkini boʻlish haqidagi nizolar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402620" id="-6402620">nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy nizolari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402621" id="-6402621">Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning birgalikda orttirgan mol-mulkini boʻlish haqidagi nizolarni koʻrishda sudlar OK 56-moddasining <a href="/ru/acts/-104720#-158947">toʻrtinchi qismiga</a> asosan, bunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan er yoki xotin (insofli er yoki xotin) manfaatida OK <a href="/ru/acts/-104720#-158694">23</a>, <a href="/ru/acts/-104720#-158735">27</a> va <a href="/ru/acts/-104720#-158758">28-moddalarini</a> qoʻllashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402622" id="-6402622">25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6402623" id="-6402623">26. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarorining <a href="/ru/acts/-2414114?ONDATE=20.07.2011 00#-2414760">20 — 28-bandlari</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6402624" id="-6402624">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6402625" id="-6402625">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6402626" id="-6402626">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6402627" id="-6402627">2023-yil 20-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6402628" id="-6402628">3-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
