Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.11.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASINING NOMINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3602-sonli Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan hamda davlat boshqaruvi organlari oʻrtasida vazifalar, funksiya va vakolatlar aniq belgilab qoʻyilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (Davlat mulki qoʻmitasi) deb oʻzgartirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-may,
PF-3603-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 128-modda; 2012-y., 46-47-son, 521-modda)