

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2024
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5786764" id="onLBC-5786764">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7615"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari;</span></div><div id="LBC7624"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5786764" id="onLS-5786764">[<b>TSZ:</b><div id="LS3800"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;</span></div><div id="LS3807"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-5787127" id="-5787127">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenuminning </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5787128" id="-5787128">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5787129" id="-5787129">Fuqarolik ishlarini kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5787130" id="-5787130"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6886315" id="-6886315">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 9-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-6881055?ONDATE=25.03.2024 00#-6882637">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787131" id="-5787131">Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual<a href="/ru/acts/-3517337"> kodeksiga </a>oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek qonun normalari bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining<a href="/ru/acts/-5534923#-5536944"> 22-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787134" id="-5787134">1. Tushuntirilsinki, fuqarolik ishlarining kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari hujjatlarining qonuniyligi va asosliligi, ular tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilishini va protsessual qonun talablariga rioya etilishini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787137" id="-5787137">2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-3517337#-5221446">403-moddasiga </a>muvofiq, birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi quyidagilarga tegishli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787139" id="-5787139">daʼvogar, arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787140" id="-5787140">taraflar va uchinchi shaxslarning huquqiy vorislariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787141" id="-5787141">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787142" id="-5787142">boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining himoyasida ariza bergan davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar va alohida fuqarolarga (FPK 53-moddasining<a href="/ru/acts/-3517337#-3518977"> birinchi qismi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787143" id="-5787143">ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787144" id="-5787144">prokurorga. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787145" id="-5787145">Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilishga, basharti bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlgandagina haqli (FPK 69-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-4266750">ikkinchi qismi</a>). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787146" id="-5787146">Ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatiga huquq oʻtganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787147" id="-5787147">Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protesti keltirishga, prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha esa, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221446">403-moddasida </a>koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlganda kassatsiya protesti keltirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787148" id="-5787148">3. Tushuntirilsinki, qonunda kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti yuzasidan muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787149" id="-5787149">sud buyruqlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787151" id="-5787151">sudning qonunda ustidan shikoyat berish nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydigan ajrimlari (masalan, ish muhokamasini keyinga qoldirish haqidagi, dalillarni tekshirish tartibini belgilash haqidagi ajrimlar va boshqalar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787153" id="-5787153">4. Qonunga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi ajrimi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221464">405</a>,<a href="/ru/acts/-3517337#-5221473"> 405<sup>1</sup>-moddalari</a>). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787155" id="-5787155">5. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521345">152-moddasiga </a>koʻra, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati apellatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va mazkur muddat oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi. Bunda apellatsiya instansiyasi sudi ajrimining faqat xulosa qismi eʼlon qilinishi kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini hisoblashga taʼsir koʻrsatmaydi, biroq muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani hal qilishda inobatga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787156" id="-5787156">Agar kassatsiya shikoyati (protesti) protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar FPK 152-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3521365">yettinchi qismida </a>koʻrsatilgan usulda joʻnatilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi. Bunday holda kassatsiya shikoyati (protesti) berish sanasi aloqa xati qabul qilinganligini tasdiqlovchi konvertdagi shtamp, buyurtma xat qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoxud boshqa hujjat boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787159" id="-5787159">6. Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati manfaatdor shaxs iltimosnomasiga koʻra, basharti u kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin (FPK 405<sup>1</sup>-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221476">ikkinchi qismi</a>). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787161" id="-5787161">Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga beriladi. Qayd etilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimos bevosita kassatsiya shikoyati (protesti) matnida boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787164" id="-5787164">7. Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablarga kiritilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi va boshqalar). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787166" id="-5787166">Jismoniy shaxsning kasalligi, nochor ahvoli, uning oilaviy ahvoli (oila aʼzosining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda kassatsiya shikoyatini berishni istisno etgan yoxud jiddiy ravishda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli sabablar deb topilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787168" id="-5787168">Vakilning yordami uchun yoki davlat boji toʻlash uchun pul mablagʻlarining mavjud emasligi, yuridik shaxs vakilining xizmat safarida, mehnat taʼtilida boʻlishi, huquqshunosning yoʻqligi kassatsiya shikoyati berish muddati oʻtkazilganligining uzrli sabablari sifatida koʻrilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787170" id="-5787170">8. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi masala sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilayotganda muhokama qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787172" id="-5787172">Muddat oʻtkazilganligi munosabati bilan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi FPK<a href="/ru/acts/-3517337#-5221520"> 407<sup>3</sup>-moddasida </a>nazarda tutilgan tartibda bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787174" id="-5787174">9. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525926">406-moddasida </a>kassatsiya shikoyati (protesti) shakli va mazmuniga doir talablar belgilanganligi sababli, sudya har bir holda kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs tomonidan qonunda koʻrsatilgan talablarga rioya qilinganligini tekshirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787177" id="-5787177">10. Qonunga koʻra, kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787182" id="-5787182">davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787184" id="-5787184">kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787186" id="-5787186">Prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protestiga taraf, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning protest keltirishga asos boʻlgan murojaati koʻchirma nusxasi ilova qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787189" id="-5787189">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga), shuningdek, qaytarilgan shikoyat (protest) va sudga taqdim etish chogʻida unga ilova qilingan hujjatlar ilova qilinishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787191" id="-5787191">11. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs tomonidan davlat boji toʻlashning qonun bilan belgilangan tartibi va miqdorlariga oid talabga rioya qilinganligi haqidagi masalani hal qilishda sudya “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasining <a href="/ru/acts/-4680944#-4682356">1-bandi</a>, <a href="/ru/acts/-4680944#-4682417">8-moddasi </a>va qayd etilgan Qonunga<a href="/ru/acts/-4680944#-4683753"> ilova </a>“Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787194" id="-5787194">Davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini qabul qilishda hal qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787196" id="-5787196">12. Tushuntirilsinki, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni suddan talab qilib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787198" id="-5787198">Ishni talab qilib olish haqidagi masala sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787200" id="-5787200">13. Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi va u besh kunlik muddatda FPK 407<sup>2</sup>-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221511">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi::</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787202" id="-5787202">FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221520">407<sup>3</sup>-moddasida </a>koʻrsatilgan asoslar aniqlanganda — kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787204" id="-5787204">FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221535">407<sup>4</sup>-moddasida </a>koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda — kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787205" id="-5787205">kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221564">407<sup>5</sup>-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787206" id="-5787206">FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221520">407<sup>3</sup></a> va <a href="/ru/acts/-3517337#-5221535">407<sup>4</sup>-moddalarida </a>nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787207" id="-5787207">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga besh kunlik muddat ichida yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787208" id="-5787208">14. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim manfaatdor shaxsning arizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi va shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787210" id="-5787210">Kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787211" id="-5787211">Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilinganda, u kassatsiya instansiyasi sudiga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan, deb hisoblanadi (FPK 407<sup>3</sup>-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221534">oltinchi qismi </a>va 407<sup>4</sup>-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221560">yettinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787216" id="-5787216">15. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221578">407<sup>6</sup>-moddasiga </a>muvofiq, sudya (sud) ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomasiga koʻra, sud hujjatlari ijrosini ish boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787223" id="-5787223">Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda yoxud alohida ajrimda koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787227" id="-5787227">Sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida yoxud kassatsiya instansiyasi sudining alohida ajrimida koʻrsatilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787230" id="-5787230">16. Zarur hollarda sudya (sud) ishda ishtirok etuvchi shaxs iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520529">106-moddasida </a>nazarda tutilgan daʼvoni taʼminlash choralarini qoʻrishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787233" id="-5787233">17. Qonunga koʻra (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221581">407<sup>7</sup>-moddasi</a>), kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787238" id="-5787238">Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787241" id="-5787241">Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan boʻlsa, bu haqda kassatsiya shikoyatini sud muhokamasiga koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi, ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va videokonferensaloqa oʻtkazilishida koʻmaklashadigan sudga yuboriladi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3522661">209-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787245" id="-5787245">18. Qonunda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilishi vaqti va joyi toʻgʻrisida sud tomonidan xabardor qilinishi majburiyligi belgilanganligi sababli, ishni koʻrish vaqti va joyi haqida protsess ishtirokchilari tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-birining sud majlisiga kelmaganligi, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga sabab boʻladi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221326">397</a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-5221581">407<sup>7</sup></a>, <a href="/ru/acts/-3517337#-5221677">417-moddalari</a>). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787268" id="-5787268">Kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishlicha xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlganda ham, agar ulardan biror-biri kelmaganligi sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787272" id="-5787272">Sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shikoyat (protest) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instansiyasi sudining majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787274" id="-5787274">19. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221623">413-moddasiga </a>muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar kassatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror esa, protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787276" id="-5787276">Shikoyatdan voz kechilishi, protest qaytarib olinishi munosabati bilan kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish masalasi sud majlisida shaxsning shikoyatdan voz kechishga, protestni qaytarib olishga vakolati borligi tekshirilgandan soʻng hal qilinadi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3519227">69-moddasi </a>mazmuniga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, basharti bu holat ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlmasa, kassatsiya shikoyatidan voz kechishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787277" id="-5787277">Tushuntirilsinki, kassatsiya shikoyatidan voz kechilganda (protest chaqirib olinganda) kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatiladi, boshqa kassatsiya shikoyati (protesti) mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787279" id="-5787279">20. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3518923">47-moddasiga </a>koʻra, protsessual huquqiy vorislik sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olib, taraflardan biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakil nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketganda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi va h.k.), kassatsiya instansiyasi sudi bunday shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yoʻl qoʻyadi va ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishish uchun imkoniyat beradi. Huquqiy voris protsessga kirganligi haqida kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. Bunda protsessdan chiqib ketgan ishtirokchining barcha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787280" id="-5787280">21. FPK<a href="/ru/acts/-3517337#-5221631"> 415-moddasiga </a>muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787281" id="-5787281">Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati sud tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787283" id="-5787283">Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi ajrim chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787284" id="-5787284">22. FPK<a href="/ru/acts/-3517337#-5221653"> 416-moddasi </a>mazmuniga koʻra, ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganida sud ishdagi materiallar boʻyicha quyidagilarni aniqlashi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787285" id="-5787285">sudning hal qiluv qarori, ajrimida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiqligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787287" id="-5787287">birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787289" id="-5787289">birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining ularning mazmuni va shakliga nisbatan qonunda belgilangan talablarga muvofiqligini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787292" id="-5787292">23. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqish FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221677">417-moddasida </a>nazarda tutilgan tartibda, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3525912">45-bobida </a>nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787295" id="-5787295">24. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3526125">418-moddasiga </a>koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520614">10-bobida </a>nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787299" id="-5787299">Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan kun toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787303" id="-5787303">25. Tushuntirilsinki, ishni kassatsiya tartibida koʻrishda sud yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli boʻlmasdan, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787308" id="-5787308">Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar, shu jumladan, daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi talab, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787311" id="-5787311">26. Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787316" id="-5787316">Kassatsiya instansiyasi sudi ajrimi ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol chiqariladi. Alohida hollarda, asoslantirilgan ajrimni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin boʻlib, biroq ajrimning xulosa qismi sud tomonidan kassatsiya muhokamasi tamomlangan majlisda eʼlon qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787319" id="-5787319">27. Kassatsiya instansiyasi sudining eʼtibori kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan har bir vajni uning asosli yoki asossizligi haqidagi xulosani ajrimda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787320" id="-5787320">Kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida ishni shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, shu jumladan, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787321" id="-5787321">Kassatsiya instansiyasi sudi chiqarilgan ajrimni eʼlon qilganidan soʻng, sud protsessi ishtirokchilariga qabul qilingan ajrimning mazmun-mohiyatini, uning ustidan shikoyat qilish tartibini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish muddatini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787324" id="-5787324">28. FPK<a href="/ru/acts/-3517337#-5221370"> 399<sup>1</sup>-moddasiga </a>muvofiq, kassatsiya tartibida sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787327" id="-5787327">ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787329" id="-5787329">sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787330" id="-5787330">sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787331" id="-5787331">moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787334" id="-5787334">29. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilmaganligi yoxud qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787335" id="-5787335">Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalari buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, basharti bu ishning notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsa, sud hujjatlarini bekor qilishga asos boʻladi. Shu bilan birga protsessual qonunning FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221383">399<sup>3</sup>-moddasida </a>nazarda tutilgan hollarda buzilishi har qanday holda birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarining sud hujjatlarini soʻzsiz bekor qilish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787338" id="-5787338">Shuni nazarda tutish lozimki, agar qonun huquqiy munosabatlar vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonunchilik hujjati qoʻllanilishiga yoʻl qoʻysa, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan oʻz kuchini yoʻqotgan qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi sud qarorlarini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787340" id="-5787340">30. FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221696">419-moddasiga </a>muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787342" id="-5787342">hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787344" id="-5787344">hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787346" id="-5787346">hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni oʻzgartirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787349" id="-5787349">hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787350" id="-5787350">hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787354" id="-5787354">ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787355" id="-5787355">31. Kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan sud hujjatlari qonunga muvofiq chiqarilgan degan xulosaga kelsa, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan, sud qarorlarini esa, oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787357" id="-5787357">32. Kassatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3520722">122 </a>va <a href="/ru/acts/-3517337#-3521087">124-moddalarida </a>koʻrsatilgan asoslar boʻyicha sud hujjatlarini butunlay yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787359" id="-5787359">33. Tushuntirilsinki, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 399<sup>1</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221363">1-bandi </a>va 399<sup>3</sup>-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221385">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda sud qarorlarini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787360" id="-5787360">34. FPK 419-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221702">4-bandini </a>qoʻllashda shuni inobatga olish lozimki, ushbu asos boʻyicha ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmagan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan, shuningdek, arz qilingan talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan hollarda, yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787362" id="-5787362">Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo predmeti yoki asosini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani (FPK 44-moddasining <a href="/ru/acts/-3517337#-3518548">ikkinchi qismi</a>), shuningdek, qarshi daʼvo arizasini (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3522405">200-moddasi</a>) ish yuritishga qabul qilishni asossiz rad etilishi hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787367" id="-5787367">35. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmaganligi yoki notoʻgʻri hal etilganligi oʻz-oʻzidan sud hujjatini bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3521186">138 — 141-moddalarida </a>nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787370" id="-5787370">36. Kassatsiya instansiyasi sudi FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-3523858">261 — 263-moddalarida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda oʻz tashabbusi bilan yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki ushbu moddalarda koʻrsatilgan boshqa shaxslar arizasiga binoan quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787373" id="-5787373">kassatsiya instansiyasi sudi ajrimi yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni va aniq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787374" id="-5787374">qoʻshimcha ajrim chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787377" id="-5787377">ajrimni tushuntirishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787379" id="-5787379">Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni uni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmaganligi bu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787383" id="-5787383">37. Apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan, agar bu qonunda nazarda tutilgan yoki ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan boʻlsa, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787388" id="-5787388">Apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berish va uni koʻrish, sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787391" id="-5787391">38. Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787393" id="-5787393">ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787396" id="-5787396">ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787398" id="-5787398">ajrimni butunlay yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787402" id="-5787402">Birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudining ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi ajrimini (masalan, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi va h.k.) bekor qilinganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga mazmunan koʻrib chiqish uchun yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787405" id="-5787405">39. Kassatsiya shikoyati ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilgandan soʻng kelib tushganda, uni bergan shaxsga ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest kiritish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlariga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi (FPK 407<sup>3</sup>-moddasi birinchi qismining<a href="/ru/acts/-3517337#-5221525"> 3-bandi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787408" id="-5787408">40. Tushuntirilsinki, FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221446">403-moddasida </a>koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlariga ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat oʻtgan hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan boshlab bir oy ichida murojaat qilishga haqli. Mazkur muddatlar oʻtganidan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi (FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221745">419<sup>3</sup>-modda</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787411" id="-5787411">FPK 399<sup>1</sup>-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-3517337#-5221368">4-bandida </a>nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest kiritishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787415" id="-5787415">Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish besh nafar sudyadan iborat tarkibda FPK <a href="/ru/acts/-3517337#-5221677">417-moddasida </a>nazarda tutilgan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787416" id="-5787416">41. Kassatsiya instansiyasi sudi davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi fakti aniqlanganda, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼiy nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli. Agar sud ularning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787417" id="-5787417">Xususiy ajrim chiqarilganligi haqida sud majlisida eʼlon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5787419" id="-5787419">42. Fuqarolik ishlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5787421" id="-5787421">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5787422" id="-5787422">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5787424" id="-5787424">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5787426" id="-5787426">2021-yil 27-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5787427" id="-5787427">35-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
