O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Do‘rmon — Qaynarsoy” komplekslarining xo‘jalik hisobidagi birlashgan direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida
Boshqaruv va rasmiy hukumat delegatsiyalari va chet ellik mehmonlarga xizmat ko‘rsatishning yagona tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasining shahar tashqarisidagi “Qaynarsoy” qarorgohi va “Do‘rmon” qarorgohi bazasida “Do‘rmon — Qaynarsoy” komplekslarining xo‘jalik hisobidagi birlashgan direksiyasi tashkil etilsin.
 LexUZ sharhi
1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 1-dekabrdagi 516-sonli “Do‘rmon –– Qaynarsoy” komplekslari birlashgan direksiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qisman o‘zgartirilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yilda respublika budjetidan “Do‘rmon — Qaynarsoy” komplekslarining xo‘jalik hisobidagi birlashgan direksiyasiga uning o‘z daromadlaridan qoplanmagan xarajatlarini qoplash uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq bir martalik mablag‘ ajratsin.
“Do‘rmon — Qaynarsoy” komplekslarining xo‘jalik hisobidagi birlashgan direksiyasi ishga tushirilgan vaqtdan boshlab besh yilga soliqlarning barcha turlarini to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 09/19/743/3710-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi bir oy muddatda “Do‘rmon — Qaynarsoy” komplekslari xo‘jalik hisobidagi birlashgan direksiyasining yangi funksiyalari va faoliyati yo‘nalishlarini hisobga olgan holda u haqdagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Harbiylashtirilgan yong‘indan muhofaza qilish bo‘linmasi tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qo‘shimcha ravishda 45 shtat birligi ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi 1996-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xarajatlari smetasida “Qaynarsoy” kompleksining harbiylashtirilgan yong‘indan muhofaza qilish bo‘linmasi xarajatlari uchun budjetdan zarur mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) harbiylashtirilgan yong‘indan muhofaza qilish bo‘linmasini ATS-40(131) 137 markali qiyin yo‘llarda yura oladigan ikkita o‘t o‘chirish avtotsisternasi bilan ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 18-dekabr,
462-son