|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.09.2023
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT ChEGARASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2023-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-868-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2000-yil 1-yanvardan amalga kiritilsin.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1999-yil 5-oktabrdagi 196 (2234)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etsin;
hukumat qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin;
vazirliklar va idoralar o‘zlarining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
821-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 218-modda)