Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.02.1994
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARI IShLAB ChIQARADIGAN ShARQ NAMUNASIDAGI KALIShLARGA ERKIN ShARTNOMAVIY NARXLARNI JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdoni erkinlashtirish va iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Energiya manbalari narxlari keskin oshib ketganligi va respublikada ishlab chiqarilayotgan sharq namunasidagi kalishlar tannarxining ko‘tarilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni liberallashtirish choralari to‘g‘risida” 1992-yil 9-yanvardagi 4-son va “Respublika aholisiga bolalarga atalgan buyumlar va boshqa tovarlarni sotishni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1992-yil 19-yanvardagi 18-son qarorlarini qisman o‘zgartirgan holda:
mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan sharq namunasidagi kalishlarga erkin shartnomaviy narxlar joriy etilsin;
sharq namunasidagi kalishlar davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi tarmoqlarida aholiga belgilangan miqdorda sotiladigan tovarlar ro‘yxatidan chiqarilsin.
2. Sharq namunasidagi kalishlar chakana narxlarining asossiz ravishda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekrezinatexnika” ishlab chiqarish birlashmasi va respublikaning boshqa xo‘jalik tashkilotlari kalish ishlab chiqarayotganda ularni chiqarishning 10 foizidan oshmagan cheklangan rentabellikni nazarda tutsinlar;
“O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi va O‘zbekbirlashuv chakana savdo tarmoqlari orqali aholiga kalish sotishda 10 foizga qadar savdo ustamasi belgilasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (o‘rtoq Boqiboyev) sharq namunasidagi kalishlarning joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida aholiga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qarorida ko‘rsatilgan cheklangan belgilab qo‘yilgan narxlar bo‘yicha sotilishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligiga va “O‘zbekrezinatexnika” ishlab chiqarish birlashmasiga ularning sharq namunasidagi kalishlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratsin.
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV
Toshkent sh.,
1992-yil 30-oktabr,
501-son