Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.03.1997
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1993-YIL 23-DEKABRDAGI 608-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-martdagi 125-sonli “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining sug‘urta himoyasini takomillashtirish va ishning pirovard natijalaridan ularning manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoa, davlat xo‘jaliklari va boshqa davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
qarorning nomidagi, kirish qismidagi, 1, 4, 6-bandlaridagi, shuningdek, 1-ilovaning sarlavhasidagi “jamoa, davlat xo‘jaliklari va boshqa davlat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshi “qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili” so‘zlaridan keyin “(bog‘lar va uzumzorlar hosilidan tashqari)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “bir marta” so‘zlari “ikki marta” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda tegishli normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni kiritsin.
3. Mazkur qaror 1995-yilning 1-aprelidan boshlab amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 4-aprel,
116-son