Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyuldagi OʻRQ-626-sonli “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1997-yil 2-maydagi 96 (1613)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
418-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,4-5-son, 123-modda)