Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.02.2024
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“QIShLOQ XO‘JALIK O‘SIMLIKLARINI ZARARKUNANDALAR, KASALLIKLAR VA BEGONA O‘TLARDAN HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-877-sonli “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 11-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 2000-yil 20-sentabrdagi 185-186 (2482-2483)-sonida e’lon qioingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
117-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 209-modda)