|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.11.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ENERGIYADAN OQILONA FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-940-sonli “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
“Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 1997-yil 7-maydagi 99 (1621)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
413-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,4-5-son, 119-modda)