|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martdagi OʻRQ-610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 15-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1992-yil 28-iyuldagi 144 (395)-sonida eʼlon qilingan.
2. Ushbu Qonun u kuchga kirgandan keyin yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilguniga qadar ushbu Qonunga zid boʻlmagan amaldagi qonun hujjatlari qoʻllanaveradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti haqidagi hamda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma haqidagi nizomlar tasdiqlangunga va ularning namunalari tayyorlangunga qadar mavjud hujjatlar amalda boʻlaveradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirsin;
ushbu Qonunga zid boʻlmagan idoraviy normativ hujjatlar qayta koʻrib chiqilishini va bekor qilinishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi haqidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
633-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 339-modda)