|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DOKTORANTLAR VA ASPIRANTLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-dekabrdagi 578-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoqlarining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolariga nisbatan martaba gonorarlari miqdoriga nisbatan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaning ilmiy salohiyatini saqlash va mustahkamlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, shuningdek, aspirantlar va doktorantlarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda doktoranturada va aspiranturada oʻqiyotgan shaxslarga, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, imtiyozli ovqatlanish uchun har oylik kompensatsiya toʻlovlarini qoʻshgan holda, 1992-yil 1-sentabrdan boshlab stipendiyalar:
Oldingi tahrirga qarang.
doktorantlarga — oliy oʻquv yurtining ilmiy darajasi bor dotsent lavozim maoshi miqdorida;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-iyuldagi 348-son qarori tahririda)
aspirantlarga — oliy oʻquv yurtining ilmiy darajasi boʻlmagan oʻqituvchisining lavozim maoshi miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 20-iyul,
332-son