Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tilini targʻib qilish hamda oʻzbek tilshunosligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 5 ta shtat birligidan iborat Sotsiolingvistika boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Institutning sotsiolingvistika sohasidagi qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
oʻzbek tilining rivojlanishi bilan bogʻliq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish;
oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish;
oʻzbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqish;
oʻzbek tilining izohli lugʻatlari, davlat tilida ish yuritish boʻyicha qoʻllanma va adabiyotlar tayyorlash;
davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2020 — 2022-yillarda oʻzbek tili va adabiyotiga doir fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 20-son, 371-modda) 9-ilovaning matni 2-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublika boʻylab dialektologik va folklor ekspeditsiyalarini tashkil etish rejasini tasdiqlasin;
Institutning yangi tahrirdagi ustavi va Sotsiolingvistika boʻlimi xodimlarining funksional majburiyatlarini tasdiqlasin;
Institutning shtat birligiga yangidan kiritilgan lavozimlarni yuqori malakali ilmiy kadrlar va istiqbolli yosh mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
6. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti B.S. Yoʻldoshev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-mart,
139-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qaroriga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2020 — 2022-yillarda oʻzbek tili va adabiyotiga doir fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish
ChORA-TADBIRLARI REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish
manbai

Ijro uchun
masʼullar

1.

Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini qayta koʻrib chiqish.

1. Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini, ularning zamonaviy talablarga, jahon ilmiy yutuqlariga muvofiqligini tanqidiy tahlil qilish.

2020-yil
mart

Fanlar akademiyasi

2. Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining tadqiqot mavzularini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2020-yil mart

2.

“Xalqaro terminelementlarning izohli-koʻrgazmali lugʻati”ni nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Xalqaro terminelementlarning izohli-koʻrgazmali lugʻatini nashrga tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2020-yil mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Xalqaro terminelementlar lugʻatini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil aprel

3. Xalqaro terminelementlarning izohli-koʻrgazmali lugʻatini nashrga tayyorlash.

2020-yil iyul

4. Nashrga tayyorlangan lugʻatni 5 000 nusxada chop etish.

2020-yil sentyabr

3.

Kirill va lotin yozuvlaridagi takomillashtirilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasini nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Institutning ilmiy xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil
fevral

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasini takomillashtirgan holda nashrga tayyorlash.

2020-yil
avgust

3. “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasini 15 000 nusxada chop etish.

2020-yil
dekabr

4.

“Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Keng qoʻllanadigan soʻzlarning oʻzbek tilidagi izohli lugʻatini yaratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil
aprel

3. “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash.

2020-yil oktyabr

4. “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning izohli lugʻati”ni 5 000 nusxada chop etish.

2020-yil dekabr

5.

Turli fan sohalariga oid terminlarning tarjima lugʻatlarini yaratish.

1. Institut tilshunos olimlari va turdosh oliy taʼlim muassasalarining tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.

2020-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Fan sohalari boʻyicha terminlarning tarjima lugʻatlarini yaratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil iyun

3. Turli fan sohalariga oid terminlarning tarjima lugʻatlarini nashrga tayyorlash.

2021-yil

oktyabr

4. Nashrga tayyorlangan lugʻatlarning har birini 5 000 nusxada chop etish.

2022-yil

mart

6.

Uch jildli “Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi”ni yaratish va nashr etish.

1. Ensiklopediyani yaratish va nashr etish uchun masʼul ishchi guruhni tuzish.

2020-yil may

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish
vazirligi

2. Ensiklopediyani yaratish qoida va prinsiplarini ishlab chiqish.

2020-yil iyun

3. Jildlar boʻyicha maqolalar roʻyxatini tuzish.

2020-yil
sentyabr

4. Ensiklopediyaga kiradigan maqolalarni yozish uchun mualliflar jamoasini shakllantirish.

2020-yil oktyabr

5. Chet ellardagi navoiyshunoslar maqolalari chop etilishini tashkil qilish.

2020-yil dekabr

6. Tayyor maqolalarni tahrir qiladigan mualliflar jamoasini shakllantirish.

2021-yil yanvar

7. Turli sohalar mutaxassislari bilan ensiklopediyaga tegishli maqolalarni yozish boʻyicha aloqa oʻrnatish.

2021-yil iyun

8. Ensiklopediyani bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish rejasini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

9. Tayyor jildlarni chop etish uchun belgilangan nashriyot bilan shartnoma imzolash.

2022-yil

iyul

10. “Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasi” ning har bir jildini 5 000 nusxada (jami 15 000) chop etish.

2022-yil

dekabr

7.

“Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni yaratish
va nashr etish.

1. Institutning tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Lugʻatni yaratish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

2021-yil may

3. “Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash.

2021-yil sentyabr

4. “Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”ni 5 000 nusxada chop etish.

2021-yil dekabr

8.

“Oʻzbek tili frazeologizmlarining katta izohli lugʻati”ni yaratish va nashr etish.

1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2021-yil yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Lugʻatni yaratish qoida va prinsiplarini ishlab chiqish.

2021-yil

dekabr

3. “Oʻzbek tili frazeologizmlarining katta izohli lugʻati”ni nashrga tayyorlash.

2022-yil
aprel

4. “Oʻzbek tili frazeologizmlarining katta izohli lugʻati”ni 5 000 nusxada chop etish.

2022-yil

dekabr

9.

Besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning toʻldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini tuzish, lugʻatning lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvidagi nashrini tayyorlash va chop etish.

1. Institut tilshunos olimlaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2020-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar

agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning toʻldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini tuzish va lugʻatning lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvidagi nashrini tayyorlash.

2021-yil

yanvar

3. Besh jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning toʻldirilgan, kengaytirilgan yangi nashrini lotin alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvida har bir jildini 5 000 nusxa (jami 25 000 nusxa)da chop etish.

2022-yil

dekabr

10.

Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng sara namunalaridan iborat boʻlgan “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan kitoblar turkumini nashrga tayyorlash va chop etish.

1. Turkum uchun masʼul ishchi guruh tuzish.

2020-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Turkumni tayyorlash va nashr etish prinsiplarini ishlab chiqish.

2021-yil

yanvar

3. Turkumga kiruvchi asarlar roʻyxatini tuzish.

2021-yil

mart

4. Turkumni nashrga tayyorlaydigan mualliflar jamoasini shakllantirish.

2021-yil

may

5. Turkumni bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish rejasini ishlab chiqish.

2021-yil

iyun

6. Tayor jildlarni chop etish uchun belgilangan nashryot bilan shartnoma imzolash

2022-yil yanvar

7. Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng sara namunalaridan iborat boʻlgan “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan kitoblar turkumini chop etish.

2022-yil dekabr

11.

Oʻzbek tili boyligi hisoblangan xalq shevalari va folklori materiallarini toʻplash maqsadida respublika hududi boʻylab ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.

Ekspeditsiya davomida toʻplangan xalq shevalari asosida “Oʻzbek xalq shevalari” nomli toʻplamini nashrga tayyorlash.

1. Folklor va dialektologiya ekspeditsiyalarining ilmiy konsepsiyasi, rejasi va mashrutini ishlab chiqish.

2021-yil
yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar

agentligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Ekspeditsiya ishida ishtirok etuvchi tajribali mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish.

2021-yil may

3. Ekspeditsiya davomida xalq ogʻzaki ijodi va shevalarga oid materiallarni yozib olish.

2021-yil dekabr

4. Dialektologik ekspeditsiya natijasida toʻplangan lingvistik manbalar asosida “Oʻzbek xalq shevalari” nomli toʻplamni nashrga tayyorlab, chop etish.

2022-yil may

5. Folklor ekspeditsiyasi davomida yozib olingan xalq ogʻzaki badiiy ijodiga oid materiallarni “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligiga kiritish.

2021-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-son qaroriga

2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 60 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 51 nafargachani tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha jalb etilishi mumkin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 09/20/139/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)