|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.02.2010
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING MEHNATNI MUHOFAZA QILISh BOShQARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Mehnat vazirligining Toshkent mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutiga respublika tashkiloti maqomini berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 16-fevral,
58-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisida
nizom
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-noyabrdagi 538-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish masalalarida bosh organ hisoblanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ bazani takomillashtirishga oid takliflarni hamda mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona talablarni ishlab chiqish va Hukumatga kiritish;
mehnatni muhofaza qilish kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
statistika organlari bilan birgalikda Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olish va hisobot shakllariga oid metodika hamda takliflarni tayyorlash;
mehnatkashlarni yakka tartibda va jamoani himoyalash vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish priborlarining ishlab chiqilishi, ishlab chiqarilishi va ular bilan taʼminlash ustidan nazorat qilish;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini olib borish va hamma joyda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
4. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirish Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalaridagi tegishli boʻlinmalar zimmasiga yuklanadi.
Yangi tashkil etilgan boʻlinmalar faoliyati, shu jumladan, mehnatni muhofaza qilish qoida va normalariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda tekshirish masalalarida, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnomalar bilan tartibga solinadi.
5. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan rioya qilinishini va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqsadli va tarmoq dasturlarining ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini nazorat qiladi;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tarmoqlararo normativ hujjatlar, standartlar, qoidalar va qonun hujjatlari loyihalarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va zarur boʻlgan hollarda bekor qilinishini tashkil qiladi;
har yili Mehnat vazirligining respublika Hukumatiga mehnatni muhofaza qilishning ahvoli, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablari toʻgʻrisidagi axborotini, ularni bartaraf qilish yoʻllari toʻgʻrisidagi takliflar bilan tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor organlari bilan birgalikda sanoat korxonalari mahsulotlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatsiyalash boʻyicha nazoratni amalga oshiradi;
mehnat sharoitlari boʻyicha ekspertiza oʻtkazilishini nazorat qiladi va uning natijalari boʻyicha xulosalar beradi;
Toshkent respublika mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Davlat mehnat sharoitlari ekspertizasi markaziy laboratoriyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ommaviy axborot vositalari orqali mehnatni muhofaza qilishning targʻib qilinishini uyushtiradi.
6. Mehnat vazirligi oldida turgan vazifalarni hal etish maqsadida Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga quyidagi huquqlar beriladi:
mehnatni muhofaza qilish masalalari bilan tanishish maqsadida vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar ishlarini tekshirish, mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, korxonalarga mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha tanishish maqsadida toʻsiqsiz kirish;
tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalari bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini tekshirish oʻtkazishga jalb qilish;
vazirliklar va idoralarga, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga tekshirish vaqtida aniqlangan mehnatni muhofaza qilishdagi qoida buzilishlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga xavfsizlik texnikasi hamda ishlarni xavf-xatarsiz amalga oshirish boʻyicha qoidalar, normalar, standartlarning buzilish holatlarini bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
mansabdor shaxslar mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganliklari uchun ularga eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solish (1995-yil 1-apreldan kuchga kiritiladi);
statistika organlari bilan birgalikda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar koʻrsatkichlari va ularni hisobga olish shakllarini ishlab chiqish;
statistika organlaridan, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalardan va boshqa muassasa hamda tashkilotlardan mehnatni muhofaza qilishning ahvoli toʻgʻrisida zarur axborotlar olish;
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi normativ-metodik va normativ-texnik hujjatlarning loyihalarini, ishlarni tashkil qilish va mehnatni muhofaza qilish xizmatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni, qurilish normalari va qoidalarining mehnatni muhofaza qilishga doir boʻlimlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, kelishish va tasdiqlash;
yangi va rekonstruksiya qilingan ishlab chiqarish obyektlarini qabul qilish boʻyicha davlat komissiyalari ishida qatnashish;
oliy oʻquv yurtlarida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlab chiqarishda davlat imtihon komissiyalari ishida ishtirok etish.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 2-son,4-modda)